So’nggi yangiliklar

10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  0 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  0 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  2 08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  3 08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  7 07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  4 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  16 01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  20 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  26 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1

“Bunyodkor” Eronda qanday natijalar qayd etgan? Yangiliklar

“Bunyodkor” Eronda qanday natijalar qayd etgan?

Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi Eron mamlakatiga sakkizinchi marotaba tashrif buyurmoqda.
“Bunyodkor”ni 1 aprel kuni “Fulad”ga qarshi Erondagi sakkizinchi uchrashuvi kutib turibdi. Etiboringizga, “qaldirg'ochlar”ning bungacha Eronda o'tkazilgan uchrashuvlarining qiziqarli malumotlarini keltirib o'tamiz.

“Qaldirg'ochlar” Eronda Isfahonning “Sepahon”i bilan uch, ushbu shaharning “Zob-Ahan”, Karajning “Saypa” va Tehronning “Piruzi” jamoalari bilan bir marotabadan kuch sinashgan. “Bunyodkor”ning Eron klublariga qarshi safardagi umumiy statistikasi quyidagicha: 7 o'yin, 3 g'alaba, 2 durang va 2 mag'lubiyat.

“Bunyodkor”ning Eron klublariga qarshi safarda qayd etgan natijalari:
2008. Guruh bosqichi. “Sepahon” – “Bunyodkor” 1:1
2008. CHorak final. “Saypa” – “Bunyodkor” 2:2
2009. Guruh bosqichi. “Sepahon” – Bunyodkor“ 0:1
2009. Nimchorak final. “Piruzi” – “Bunyodkor” 0:1
2010. Guruh bosqichi. “Zob-Ahan” – “Bunyodkor” 3:0
2011. Guruh bosqichi. “Piruzi” – “Bunyodkor” 1:3
2011. Nimchorak final. “Sepahon” – “Bunyodkor” 3:1

Toshkentliklar Eronda kechgan bahslarda raqiblari darvozasini to'qqiz bor ishg'ol qilishgan. O'z darvozalaridan o'n marotaba gol o'tkazib yuborishgan. Erondagi bahslarda Rivaldo ikki bor gol urgani bilan ajralib turibdi.

“Bunyodkor”ning Eronda kiritgan gol mualliflari:
Rivaldo – 2 marta
Gochguli Gochguliev – 1 marta
Xose-Luis Vilyanueva – 1 marta
Timur Kapadze – 1 marta
Anvar Rajabov – 1 marta
Xayrulla Karimov – 1 marta
Viktor Karpenko – 1 marta
Slavolyub Jorjevich – 1 marta

“Bunyodkor” safida Erondagi bahslarda eng ko'p maydonga tushgan futbolchi haqida gap ketganda Azizbek Haydarovni takidlab o'tish darkor. Yarim himoyachi “Bunyodkor” bilan bungacha o'tkazilgan Erondagi barcha bahsda birga bo'lgan.

“Bunyodkor” safida Erondagi bahslarda eng ko'p maydonga tushgan futbolchilar:
Azizbek Haydarov – 7 o'yin
Xayrulla Karimov – 5 o'yin
Anvar G'ofurov – 5 o'yin
Jasur Hasanov – 5 o'yin
Timur Kapadze – 5 o'yin
Server Jeparov – 5 o'yin
Viktor Karpenko – 5 o'yin

“Bunyodkor”ning Eron klublarga qarshi safardagi uchrashuvlarida besh mamlakat hakamlari faoliyat yuritishgan. Ular ichida qatarlik Abdulloh Balideh ikki marta “Bunyodkor”ning Erondagi bahsida ishlagan. 1 aprel kungi “Fulad”ga qarshi bahsda ilk marotaba BAAlik referi- Muhammad Al-Zarouni uchrashuvni boshqarib boradi.

"Bunyodkor"ning Eron klublariga qarshi safardagi uchrashuvlarini boshqargan hakamlar:
Abdulloh Balideh (Qatar) – 2 marta
Saad Al-Fazli (Quvayt)
Sun Baoji (Xitoy)
Kim Don Jin (Koreya Respublikasi)
Myong Yong CHoy (Koreya Respublikasi)
Toma Masaaki (Yaponiya)

Erondagi bahslarni tomosha qilish uchun umumiy hisobda 188708 nafar muxlis tashrif buyurgan. Eng ko'p tomoshabin 2009 yilgi musobaqaning nimchorak finalidagi “Piruzi” – “Bunyodkor” uchrashuvida kuzatilgan – 95225 tomoshabin. Umuman, bungacha Eronda o'tkazilgan etti bahsning har biriga o'rta hisobda 26958 nafardan muxlis to'g'ri keladi.

“Bunyodkor”ning Eron klublariga qarshi safarda qayd etgan natijalari:
95225 tomoshabin. 2009. Nimchorak final. “Piruzi” – “Bunyodkor” 0:1
40000 tomoshabin. 2008. CHorak final. “Saypa” – “Bunyodkor” 2:2
31765 tomoshabin. 2011. Guruh bosqichi. “Piruzi” – “Bunyodkor” 1:3
10000 tomoshabin. 2009. Guruh bosqichi. “Sepahon” – Bunyodkor“ 0:1
6318 tomoshabin. 2011. Nimchorak final. “Sepahon” – “Bunyodkor” 3:1
5250 tomoshabin. 2010. Guruh bosqichi. “Zob-Ahan” – “Bunyodkor” 3:0
150 tomoshabin. 2008. Guruh bosqichi. “Sepahon” – “Bunyodkor” 1:1

Bahodir MIRZAEV
Tehron, Eron
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика