So’nggi yangiliklar

11:50Жозе Моуринью: "Бенфика"дан таклиф бўлганида бир сония ҳам иккиланмадим"  0 11:25Сон Хён Мин "Реал" билан ўйинда хет-трик қайд этди  6 10:45Ўзбекистон U-16 терма жамоаси бугун Черногория билан ўйнайди   4 10:05Мареска "Бавария" билан ўйиндаги ҳакамликни танқид қилди  7 09:40Рустам Турдимуродов: "Сурхон" ҳеч қайси жамоадан кам эмаслигини исботлаймиз"   2 09:20Here we go! Жозе Моуринью "Бенфика" таклифини қабул қилди  7 08:50Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳамма ўз хатосини билади"   0 08:20Суперлига. "Пахтакор" сўнгги бор Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  4 07:55Факт. "Машъал" бугун тарихий натижа қайд этиши мумкин  1 07:25Суперлига. Бугун 22-турга старт берилади   0 07:00"Бургутлар" ОЧЛ-2да юришини бошлади. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувидан галерея   1 02:44ОЧЛ 2. Роналдусиз "Ал Насср" Тожикистоннинг "Истиқлол" клубига жавобсиз бешта гол урди  7 02:38Туркия. Шомуродов ассист берган ўйинда "Истанбул Башакшеҳир" "Фотиҳ Карагюмрук"ни мағлубиятга учратди  5 02:05ЕЧЛ. "Бавария" Мюнхенда "Челси"ни мағлубиятга учратди  35 02:05ЕЧЛ. "Ливерпуль" охирги дақиқалардаги гол эвазига камбэк қилаёзган "Атлетико"ни таслим этди. ПСЖ ва "Интер" ўз ўйинларида ғалаба қозонишди  30

"Bunyodkor" endi futbolchilarga ovqat bermaydimi? Yangiliklar

"Bunyodkor" endi futbolchilarga ovqat bermaydimi?

Teglar :  Bunyodkor
"Bunyodkor" klubi bugun Superliganing 9-turi doirasida "Buxoro" bilan o'ynadi.

Mazkur uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etildi. Hozirgi yozadiganlarimiz o'yin haqida emas.

Kecha jamoa azolari o'yindan bir kun oldin doimgidek klub bazasida yig'ilgan va futbolchilar o'sha erda qolishgan. Biroq mashg'ulotlardan qaytgan futbolchilar bazada keyin kechki ovqat yo'qligidan xabar topishgan. Bundan xayron bo'lgan futbolchilar o'rtada pul yig'ib kechki ovqat qilishgan.

Bugun "Buxoro"ga qarshi bahsdan keyin ham xuddi shu vaziyat takrorlangani haqida xabar topdik. To'g'ri "Bunyodkor"ning ko'plab futbolchilari Toshkentda yashaydi va o'z uylariga ketishadi, bazada 15 nafarga yaqin yosh futbolchilar istiqomat qilishadi.

"Bunyodkor"da yaqindagina rahbariyat o'zgardi. Eshitishimizga qaraganda, yangi rahbar klub azolari bilan ko'rishmagan ham, tanishmagan ham. Balki bundan keyin barchasi o'zgargandir, balki endi "Bunyodkor" futbolchilari bazada o'z hisoblaridan ovqatlanishga majbur bo'lishar. Klubda moliyaviy muammolar bo'lishi mumkin. Pul yo'qdir, ammo nima bo'lgan taqdirda ham maydonga tushib o'ynayotgan futbolchilarda hech ayb yo'q.  

Tez orada bu vaziyat ijobiy hal etiladi deb umid qilamiz.


Narzulla Saydullaev

Reyting: -46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика