So’nggi yangiliklar

12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  0 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2 11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  3 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  9 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   4 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  21 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  6 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  1 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  9 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  4

“Bunyodkor” azolari Singapur menejmentni rivojlantirish instituti talabalari bilan uchrashuv o'tkazdi Yangiliklar

“Bunyodkor” azolari Singapur menejmentni rivojlantirish instituti talabalari bilan uchrashuv o'tkazdi

Bugun “Bunyodkor” jamoasi rasmiylari, murabbiy va futbolchilari Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutiga tashrif buyurdi.

Talabalar bilan uchrashuv o'tkazildi. Dastavval talabalarga “Bunyodkor” jamoasi haqida to'liq malumot berildi. Talabalar klubning tarixidan tortib, bugungi kunigacha bo'lgan barcha malumotlardan voqif bo'lishdi. Bosh murabbiy jamoaning yangi mavsumga tayyorgarligi haqida gapirib o'tdi. SHundan so'ng talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

Uchrashuv yakunida institut bilan “Bunyodkor” futbol klubining o'zaro hamkorligi shu bilan to'xtab qolmasligi aytildi va o'zaro rejalar muhokama qilindi. “Bunyodkor” futbol klubi institut muzeyi uchun bir qator estaliklar taqdim qildi. Xususan, futbolchilarning dastxati tushirilgan to'p, sharf, futbolka va shu kabi suvenirlar.

Malum bo'lishicha, institut talabalaridan iborat jamoa shahardagi oliygoh jamoalari orasida etakchilaridan biri ekan. Aynan talabalarning iltimos-taklifiga ko'ra, “Bunyodkor” bilan institut jamoasi o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilishi kelishib olindi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика