So’nggi yangiliklar

02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  9 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  3 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  3 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  27 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  102 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0

"Bunyodkor" - "Al Nasr" uchrashuviga taalluqli faktlar Yangiliklar

"Bunyodkor" - "Al Nasr" uchrashuviga taalluqli faktlar

Soat 19:00da "Bunyodkor" - "Al Nasr" uchrashuvi boshlanadi.
- Bu jamoalarning dastlabki o'yini 1:1 hisobida yakun topgan;

- "Bunyodkor" ketma-ket sakkizinchi mavsum OCHL guruh bosqichida o'ynamoqda, "Al Nasr" esa o'z tarixida ikkinchi marta qatnashyapti;

- "Bunyodkor" OCHLda ishtirok etayotganidan beri birinchi marta guruhdan chiqa olmadi. Jamoa bo'lib o'tgan to'rtta uchrashuvda atigi bir ochko to'pladi;

- "Bunyodkor" 1-turda "Al Nasr"ga gol urganidan beri boshqa o'yinlarda to'p kirita olmayapti. O'yinning vaqti bilan hisoblaganda "Bunyodkor" olti soatdan beri gol ura olmayapti;

- "Bunyodkor" shu paytgacha o'z maydonida olti marta Saudiya klublari bilan bahs olib borgan. Jamoa shundan to'rttasida g'alaba qozongan va ikki bor mag'lubiyatga uchragan;

- Xayrulla Karimov, Akmal SHorahmedov, SHaker Zuagi, Javlon Ibrohimov, Sato Minori va Akrom Komilov hisobida bittadan sariq kartochka bor. Agar bu o'yinchilardan kimdir bugun yana ogohlantirish oladigan bo'lsa, guruhdagi oxirgi o'yinni o'tkazib yuboradi;

- Agar "Al Nasr" bugun mag'lubiyatga uchraydigan bo'lsa, OCHLdan chiqib ketadi (Qachonki "Laxviya" "Persepolis"ni mag'lub etsa)

- "Al Nasr" OCHLning safar bellashuvlarida hali g'alaba qozonmagan, jamoa ikki bor durang o'ynab, to'rt marta imkoniyatni boy bergan;

- "Al Nasr" bungacha Toshkentga bir marta kelgan va 2011 yil "Paxtakor" bilan bo'lgan uchrashuvda 2:2 hisobini qayd etgan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика