“Bunyodkor”-2014” kubogi yuksak saviyada o'tdi!
29 mar 2014 14:33
Yangiliklar

“Bunyodkor”-2014” kubogi yuksak saviyada o'tdi!
“Sog'lom bola” yili munosabati bilan tashkil etilgan “Bunyodkor”-2014” kubogi turniri bugun o'z nihoyasiga etdi.
Mamlakatimizning deyarli barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan yosh futbolchilar besh kun davomida “Bunyodkor” majmuasi maydonlarida nafaqat kuch sinashdilar, balki doimiy muloqotda bo'lib o'zaro do'st tutindilar. Viloyatlardan tashrif buyurgan iqtidorlar o'z uylariga olam-olam taassurotlar bilan qaytdilar.
Musobaqaning so'nggi kunida barcha o'rin egalari malum bo'ldi. Dastlab natijalar bilan tanishtiramiz:
Toshkent viloyati jamoasi o'z vaqtida etib kelmagani uchun Muborakning “Mashal” klubiga texnik g'alaba yozildi va aynan qashqadaryoliklar 11-o'rin egasi bo'lishdi.
9-o'rin uchun. Buxoro – Navoiy – 1:0.
7-o'rin uchun. Namangan – Sirdaryo – 3:0.
5-o'rin uchun. “O'zDongJu” – Andijon – 4:0
3-o'rin uchun. “Lokomotiv” – Toshkent shahri – 3:3 (penaltilar seriyasi bo'yicha 2:4).
1-o'rin uchun. “Bunyodkor” – “Paxtakor” – 3:0.
Barcha uchrashuvlar nihoyasiga etgach, “Bunyodkor” majmuasi Bosh maydonida turnir g'olib va sovrindorlarining taqdirlash marosimi tashkil etildi. Bu tadbir yosh futbolchilarda katta taassurot qoldirganiga shubha yo'q. Tashkilotchilar buning uchun astoydil harakat qildilar. Barcha sovrinlar o'z egalariga xuddi oliy darajadagi marosimlardek topshirildi. Dastlab eng yaxshilar aniqlandi. Unga ko'ra quyidagi futbolchilar maxsus sovrinlarga ega bo'ldilar:
“Eng yaxshi darvozabon” – Ilyos Ismoilov (“O'zDongJu”)
“Eng yaxshi himoyachi” – Jamol Baxromov (“Lokomotiv”)
“Eng yaxshi yarim himoyachi” – Habibulla Latipov (“Paxtakor”)
“Eng yaxshi hujumchi” – Omon G'aniev (Andijon)
“Sermahsul to'purar” – Aram Markaryan (“Bunyodkor”)
“Eng yaxshi o'yinchi” – Qurbon Bobojonov (Toshkent shahri).
So'ngra, musobaqa g'olibi – “Bunyodkor“ jamoasi “Bunyodkor kubogi-2014” Bosh sovrini, oltin medallar va sport formalari bilan taqdirlandi. 2-o'rin egasi – “Paxtakor“ jamoasiga kumush medallar va sport formalari topshirildi. 3-o'rinni sohibi - Toshkent shahri jamoasi azolari bronza medallari hamda sport formalariga ega bo'lishdi.
SHu bilan, “Sog'lom bola” yiliga bag'ishlab o'tkazilgan “Bunyodkor”-2014” kubogi turniri o'z nihoyasiga etdi. Bu musobaqa endi ananaviy ko'rinish oladi va xar yili o'quvchilarning bahorgi tatil kunlari bo'lib o'tadi.

Fikrlar