So’nggi yangiliklar

12:16ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувини сингапурлик ҳакам бошқаради  0 11:47U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон билан дуранг ўйнаган Ўзбекистоннинг гуруҳида вазият қандай?  9 11:20Ислом Исмоилов Канада билан ўйиндан сўнг: "Пенальтилар серияси доим режамизда бўлади"  1 10:45Саудия клублари Ҳарри Магуайрга қанча маош таклиф қилгани маълум  1 10:09Вильям Салиба қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 09:30Here we go! Онана "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда  17 08:58"Ал Аҳли" Франция U-21 аъзосини 25 миллион еврога сотиб олди  2 08:17Роналду Мессидан ўтиб кетди  20 07:50ЖЧ-2026 саралаши. Португалия Арманистон устидан 5:0 ҳисобида ғалаба қозонди, Англия Андоррани енгди, Сербия эса Латвиядан устун келди  5 07:35Дембеленинг жароҳати жиддий бўлиб чиқди. Унинг қанча муддатга сафдан чиққани эълон қилинди  5 23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  15 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  1 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  4 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  79 21:09Суперлига 21-тур ҳакамлари расмийлари маълум. Марказий тўқнашувни ким бошқаради?  4

Buni o'qish shart. Bahrayn "Yangi Mourinyu"ni topdi-mi? Yangiliklar

Buni o'qish shart. Bahrayn "Yangi Mourinyu"ni topdi-mi?

2019 yilgi Osiyo Kubogida Bahrayn terma jamoasi 1/8 finalda qo'shimcha taymlarda Janubiy Koreyaga mag'lub bo'lib musobaqa bilan xayrlashgan edi.

SHundan keyin Bahrayn futbol associaciyasi chexiyalik Miroslav Soukupga javob bergan hamda uning o'rniga boshqa murabbiy izlashni boshlagandi.

SHu yilning mart oyida deyarli hech kim tanimaydigan portugaliyalik Elio Souza Bahrayn bosh murabbiyi etib tayinlandi. Futbolchilik faoliyatini faqat "Vitoriya Setubal" klubida o'tkazgan yarim himoyachi 2005 yil 36 yoshida o'zining qadrdon klubiga bosh murabbiy bo'lgandi. 2006 yilda Souza boshchiligidagi "Vitoriya Setubal" Portugaliya Kubogi finaliga qadar etib bordi va "Benfika"ga yutqazib qo'ydi. 2007 yilda uning "Vitoriya"dagi faoliyati yakuniga etdi va quyi divizionda ishtirok etuvchi "Kovilya" klubi uning yangi ish joyiga aylandi. Bu erda bir mavsum ishlagan murabbiyga Portugaliya o'smirlar terma jamoasini ishonib topshirishdi.



2010-2019 yillar oralig'ida u Portugaliyaning turli yoshdagi terma jamoalarida ishladi. 2016 yilda U-17, 2018 yilda U-19 Evropa chempionatlarida Portugaliyani chempionlikka olib keldi.

Keyin esa yuqorida yozganimizdek Souza 2019 yilning mart oyida Bahrayn terma jamoasini qabul qilib oldi va hammasi boshlandi...




Dastlab avgust oyida Iroqda o'tgan G'arbiy Osiyo chempionatida Bahrayn o'z tarixida ilk bor chempionga aylandi. CHempionlik yo'lida xatto mezbon Iroq ham taslim etildi.

Oktyabr oyida Bahrayn JCH-2022 saralashi doirasida Eron terma jamoasini mag'lub etdi va Eronning Jahon chempionati saralashlaridagi 23 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasiga barham berdi. Ayni paytda Bahrayn o'z saralash guruhida 9 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallab turidi. Iroq 11 ochko bilan peshqadam va Eron hisobida 6 ochko mavjud.

Kecha, 8 dekabr kuni Qatar poytaxti Doxa shahrida 1970 yilda tashkil etilgan, hisob bo'yicha 24-Fors Ko'rfazi kubogi o'z nihoyasiga etdi. Finalda Bahrayn Saudiya Arabistonini 1:0 hisobida mag'lub etdi va o'z tarixida ilk bor ushbu musobaqada chempionga aylandi! Fors Ko'rfazi tashkil etilganidan buyon barcha 23ta musobaqada ishtirok etgan Bahraynning eng maksimal natijasi kumush medal edi. Umuman olganda Fors Ko'rfazi kubogida ishtirok etadigan 8ta mamlakatdan faqat ikkitasi Bahrayn va Yaman bu musobaqada chempion bo'lmagan edi. Elio Souza bilan birga bahraynliklar deyarli 50 yil kutishgan g'alabani qo'lga kiritishdi.



Elio Souza 1969 yil Portugaliyaning Setubal shahrida tavallud topgan. Bugungi kunda "Tottenxem"da ishlayotgan Joze Mourinyu ham aynan shu erda tug'ilganini ko'pchilik bilsa kerak. Balki Souza Bahrayn uchun "Yangi Mourinyu"ga aylanar, balki aylanib bo'lgandir...

 

Narzulla Saydullaev

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика