So’nggi yangiliklar

14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  0 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  1 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  0 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  7 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  11 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  26 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  2 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  7 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  2

Bundesligadagi dahshatli to'qnashuv Yangiliklar

Bundesligadagi dahshatli to'qnashuv

Bugun Germaniya chempionatining 30-tur o'yinlari bo'lib o'tadi. Bundesliganing ushbu turida dahshatli to'qnashuv guvohiga aylanamiz.

Germaniya grandlari "Bavariya" hamda "Borussiya D" jamoalari o'zaro kuch sinashishadi.


Ushbu  jamoalar o'rtasidagi bahs futbol jamoatchiligining etiborida bo'lishi aniq. Germaniyada "chempionlik-lagani"ni "Bavariya" o'ziniki qilib olgan. "Borussiya D" esa ikkinchi o'rinda qolishni rejalashtirmoqda. Bundesligadagi asosiy masala hal etilgan. Ammo bu ushbu jamoalarning o'yinlarida kim qaysi o'rinni egallab turgani muhim emas. "Bavariya" va "Borussiya D" o'rtasidagi bahslarda asosiysi o'yindagi natija va chiroyli futbol. Har ikkala jamoa uchun ham bu uchrashuv principial ahamiyatga ega. Bugungi bellashuv yanada qiziqroq kechishi aniq. Sababi, aytib o'tganimizdek asosiy masala hal etilgan va jamoalarni chempionatdagi natija bosimi bezovta qilmaydi. Bu ikki super klub bugun faqat va faqat chiroyli va ochiq namoyish etishga urinishi tabiiy. Bu o'yin muxlislar uchun haqiqiy futbol sovg'asi bo'lishi tayin. Yurgen Klopp jamoasi ECHLdan chiqib ketdi. CHempionlikni boy berdi. Klopp shogirdlari faqatgina Germaniya kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etishi mumkin. SHu sabablar ham bugun Klopp va uning jamoasiga qo'shimcha motivaciya berishi mumkin.


Endi ular o'z muxlislariga ashaddiy raqib "Bavariya" ustidan qozoniladigan g'alaba bilan xursand etishga qattiq bel bog'lashgan. "Bavariya" esa chempionlikni naqd qilgandan so'ng, bundesligada ketma-ket ikki o'yindirki g'alaba qozona olmayapti. "Xoffenxaym" bilan o'z uyidagi durang va "Augsburg"ga qarshi kechgan bahsdagi mag'lubiyat Myunxenlik muxlislarni ranjitgani tayin. Ularni yana ochko yo'qotishga haqlari yo'q. Ayniqsa azaliy rqibga qarshi o'yinda bu mumkin emas. 


Bu super to'qnashuv haqida yana shuni aytish mumkinki, nemis futbolining zargorona tomoshasi har qanday futbol ishqibozlarini o'ziga rom etib qo'yishi mumkin. O'yinni tomosha qiling va o'zingiz baho bering!



SHuningdek bugun yana bir nechta 30-turdagi o'yinlar bo'lib o'tadi.


Bundesliga, 30-tur.

12-aprel, shanba.

"Bavariya" - "Borussiya D" (21:30 "Sport")

"Alyanc Arena" stadioni.

Hakamlar: Feliks Cvayer, Mark Borsh, Marsel Pelgrim

Taxminiy tarkiblar:

"Bavariya": Noyer, van Buyten, Boateng, Alaba, Rafinya, Lam, SHvaynshtayger, Gyotce, Robben, Riberi, Manjukich.

"Borussiya D": Vaydenfeller, Xummels, Fridrix, Durm, Grosskroyc, Mxitaryan, Roys, Levandovski, Kirx, Pishchek, Obameyang.



"Borussiya M" - "SHtutgart" (18:30)
"Volfsburg" - "Nyurnerg" (18:30)
"Maync" - "Verder" (18:30)
"Gannover" - "Gamburg" (18:30)
"Frayburg" - "Ayntraxt B" (18:30)

13 aprel, yakshanba.

"Bayer" - "Gerta" (18:30)

"Xoffenxaym" - "Augsburg" (20:30)



SHahboz Beg'amov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика