Bugun yozgi transferlar oynasining so'nggi kuni
02 sen 2023 02:00
Yangiliklar
Bugun yozgi transferlar oynasining so'nggi kuni
Bugungi tun davomida amalga oshishi kutilayotgan va rasman amalga oshgan transferlarni bir xabarga joylab boramiz.
02:48. "Barselona" Erik Garsiyani "Jirona"ga ijaraga berdi
02:41. Albert Sambi Lokonga ijara asosida "Arsenal"dan "Luton Taun"ga o'tdi
02:35. Sofyan Amrabat ijara asosida "Fiorentina"dan "Manchester Yunayted"ga o'tdi
02:32. Odisseas Vlaxodimos "Benfika"dan "Nottingem Forest"ga ko'chib o'tdi
02:22. Mixailo Ristich "Benfika"dan "Selta"ga o'tdi
02:15. Alvaro Odriosola "Real"dan "Real Sosedad"ga qaytdi va 2029 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi
01:55. "Liverpul" "Bavariya" futbolchisi Rayan Gravenberxni 34 mln funt evaziga sotib oldi
01:50. Joau Kanselu ijara asosida "Barselona"ga o'tdi
01:42. "Barselona" "Los-Anjeles"ning 20 yoshli himoyachisi Mamadu Fallni 7 mln evro evaziga sotib oldi. U "Barselona" B jamoasida o'ynaydi.
01:37. "Barselona" Feliksni ijaraga oldi
01:31. 30 yoshli Ruben Agilyar 4 mln evro evaziga "Monako"dan "Lans"ga o'tdi
01:09. "Arsenal" darvozabon Artur Okonkvoni 4-divizionda faoliyat olib boradigan "Reksxem"ga ijaraga berdi
00:35. 34 yoshli Endi Keroll Franciya 2-Ligasi vakili "Amen"ga o'tdi
00:29. "Bernli" Franciya U21 termasi futbolchisi An-Noa Massengo bilan 4 yillik shartnoma imzoladi
00:21. "Espanol" Balde Keytani "Spartak"dan bir mavsumga ijaraga oldi
00:16. "Ayaks" futbolchisini "Inter"ga berib yubordi va norvegiyalik futbolchini sotib oldi
23:52. "Barselona" "Atletiko" bilan Joau Feliksning ijarasi borasida kelishib oldi
23:34. PSV 2019 yili 45 mln evroga sotgan Irving Losanoni 15 mln evro evaziga qaytarib oldi. Bu Niderlandiya klubi uchun rekord transfer bo'ldi
23:32. "Milan" Origini APLga qaytardi va o'rniga boshqa hujumchi oldi
23:20. Kallum Xadson-Odoi "CHelsi"ni "Nottingem Forest"ga almashtirdi. SHartnoma - 3 yillik, transfer summasi 3+2 mln funt
23:15. PSJ futbolchisi Jorjino Veynaldum "Al Ittifoq"qa o'tadi
22:47. "CHelsi" futbolchisi Meyson Berstou CHempionship vakili "Sanderlend"ga o'tdi
22:31. "Manchester Yunayted" Evans bilan shartnoma imzoladi
21:32. "Manchester Yunayted"ning 19 yoshli himoyachisi Mark Xurado "Espanol"ga o'tdi
21:11. "Tottenxem" "CHelsi"ga 40 mln funtlik taklif jo'natdi
20:58. A Seriyada 127 gol urgan hujumchi "Torino"ga o'tdi
20:40. "Tottenxem" futbolchisi Jafet Tanganga ijara asosida "Augsburg"ga o'tdi
20:24. "Real" futbolchisini uchinchi marta ijaraga berdi
20:06. Rasman: "Manchester Yunayted" Regilon transferini elon qildi
19:55. "CHelsi" "Bernli" himoyachisi Ian Matsenni 31,5 mln funtga sotib olishi borasida kelishuvga erishdi
19:27. "Tottenxem" "Nottingem Forest" futbolchisi Brennan Jonson bilan 5 yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda
19:12. "Milan" "Sevilya" futbolchisi Rafa Mirni bir yilga ijaraga oladi. Ijara summasi 15 mln evroni tashkil qiladi
18:33. Samu Kastilexo ijara asosida "Valensiya"dan "Sassuolo"ga o'tdi
18:15. Rasman: "CHelsi" "Man Siti"dan Koul Palmerni sotib oldi
18:11. "Ayaks" futbolchisi Devi Klassen "Inter"ga o'tishga yaqin turibdi
17:56. Langle APLga qaytmoqda, lekin "Tottenxem"ga emas
16:45. Rasman: Bonuchchi — "Union Berlin" futbolchisi
15:47. Rasman: Nunu Tavaresh — "Nottingem Forest" futbolchisi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar