So’nggi yangiliklar

10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  0 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  0 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  2 08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  3 08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  7 07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  4 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  16 01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  20 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  26 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1

Bugun vodiy derbisi Yangiliklar

Bugun vodiy derbisi

Bugun oliy liganing 3-tur o'yinlari bo'lib o'tadi. Unda markaziy uchrashuvlardan biri deb bemalol "Navbahor" - "Neftchi" to'qnashuvini aytish mumkin.
Malumingizkim, vodiy jamoalarining qaysi turda to'qnashuvidan qatiy nazar o'yinlar har gal keskin kurashlarga boy tarzda o'tib kelgan. Katta ehtimol bilan bugungi navbatdagi to'qnashuv ham bundan mustasno bo'lmaydi.

ASHURMATOV - ISMOILOV TO'QNASHUVI
Bu murabbiylar o'tgan yili ham bir-biri bilan to'qnash kelgan. Lekin bugungisi umuman boshqacha bo'ladi. CHunki vodiy derbisida Ashurmatov ham Ismoilov ham murabbiy sifatida ilk uchrashuvini o'tkazishadi. Katta bosim ostida kechadigan bahsda kimning qo'li baland kelishini uchrashuvdan so'ng bilib olamiz. G'alabaga bo'lgan imkoniyat har ikkala jamoada ham bor. Lekin maydon egalari "Navbahor" futbolchilarining imkoniyati birmuncha ko'proq deyish mumkin. CHunki ular o'tgan turda safarda uch ochko bilan qaytgan. Kayfiyat ham shunga monand bo'lishi aniq. Neftchi esa hozircha ochko jamg'ara olmayapti. Ammo birinchi g'alabani nishonlash uchun bor kuchni sarflashi turgan gap. Bu borada omad qaysi jamoaga kulib boqishini uchrashuvdan so'ng bilib olamiz.

ULAR SOBIQ JAMOALARIGA QARSHI
Bugungi o'yinning ahamiyati yuqori ekanligiga yana bir sabablardan biri bu shubhasiz SHukur Po'latov, Mansur Saidov hamda Baxtiyor Yoqubovning ilk bor sobiq jamoalariga qarshi maydonga chiqishidir. SHuningdek bu yil "Neftchi" safida harakat qilayotgan Jahongir Mehmonov va Ro'zim Ahmedov ham "Navbahor"ning sobiq o'yinchilari sifatida ikki hissa kuch bilan o'ynashini tahmin qilsa bo'ladi. Aynan mazkur xolat ham vodiy derbisiga bo'lgan qiziqishni yanada oshirmoqda.

MARKAZIY O'YINNI FIFA REFERILARI BOSHQARIB BORADI
Professional futbol ligasining hakamlar departamenti bo'limi mazkur o'yinga jiddiy etibor qaratgan xolda Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar guruhini tayinlagan. Keskin o'tishi kutilayotgan uchrashuvni Ermatov guruhi boshqarib borishi ham to'g'ri tanlangan variant deyish mumkin.

KOSONSOYDA ANSHLAG KO'RAMIZMI
Azaliy raqiblarning har qanday to'qnashuvida stadion muxlislar bilan to'lib toshgan. Bugun Kosonsoyda kechadigan o'yinga ham mahalliy muxlislardan tashqari Farg'onadan ham Neftchining ashaddiy ishqibozlarini borishini bemalol tahmin qilsa bo'ladi. SHunday ekan bugun stadionda anshlag bo'lishi ehtimoli bor.

Islombek RUSTAMBEKOV.   
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика