Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov: Buxoro o'z stadionida o'ynashi kerak
14 jan 08:09
Yangiliklar
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov: Buxoro o'z stadionida o'ynashi kerak
Xabaringiz bor, 2024 yilda Buxoro mintaqaviy futbol akademiyasiga qarashli o'yingohda keng ko'lamdagi rekonstrukciya ishlari amalga oshirilib, «Buxoro» istisno tariqasida Pro liganing 1 ta uchrashuvini mazkur o'yingohda o'tkazgan edi.
Hozirda stadionni Superliga talabiga mos holga keltirish ishlari bajarilmoqda.
Kecha viloyat hokimi Botir Zaripov o'yingohda bo'lib, mazkur arenada rasmiy uchrashuvlarni o'tkazish bo'yicha mavjud muammolar bilan qiziqdi.
O'yingohni Superliga darajasida tayyorlash, buning uchun PFL mutaxassislari bilan kelishgan holda ish olib borish bo'yicha zarur vazifalarni belgiladi. Bu borada mutasaddilarga aniq ko'rsatma va topshiriqlar berdi.
«Qo'yilayotgan talablarni bajarish uchun vaqtimiz ham, imkoniyatimiz ham bor. Maqsad bitta – «Buxoro» jamoasi o'z stadionida o'ynashi kerak. Buxorolik muxlislarning istagi ham shu va buni biz, albatta bajaramiz», — dedi Botir Zaripov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar