Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov: Buxoro o'z stadionida o'ynashi kerak

Khoja
14 yanv 2025
So'nggi kunlar internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro futbol klubi o'z stadioni tayyor bo'lguniga qadar uy uchrashuvlarini Toshkentda o'tkazadi mazmunidagi xabarlar keng tarqaldi.

Xabaringiz bor, 2024 yilda Buxoro mintaqaviy futbol akademiyasiga qarashli o'yingohda keng ko'lamdagi rekonstrukciya ishlari amalga oshirilib, Buxoro istisno tariqasida Pro liganing 1 ta uchrashuvini mazkur o'yingohda o'tkazgan edi.

Hozirda stadionni Superliga talabiga mos holga keltirish ishlari bajarilmoqda. 

Kecha viloyat hokimi Botir Zaripov o'yingohda bo'lib, mazkur arenada rasmiy uchrashuvlarni o'tkazish bo'yicha mavjud muammolar bilan qiziqdi.

O'yingohni Superliga darajasida tayyorlash, buning uchun PFL mutaxassislari bilan kelishgan holda ish olib borish bo'yicha zarur vazifalarni belgiladi. Bu borada mutasaddilarga aniq ko'rsatma va topshiriqlar berdi.

Qo'yilayotgan talablarni bajarish uchun vaqtimiz ham, imkoniyatimiz ham bor. Maqsad bitta – Buxoro jamoasi o'z stadionida o'ynashi kerak. Buxorolik muxlislarning istagi ham shu va buni biz, albatta bajaramiz, - dedi Botir Zaripov.


KhojaMuallif
Manba: @bukharapfc