So’nggi yangiliklar

23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  0 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  23 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  1 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  1 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  8 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  16 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  10 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  4

Bugun: "Tillo bola" tug'ilgan kun Yangiliklar

Bugun: "Tillo bola" tug'ilgan kun

Teglar :  LiverpulMaykl Ouen
Bugun "Liverpul" afsonasi - Maykl Ouen tavallud topgan kun.

Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Maykl Ouen bugun 38 yoshga qadam qo'ydi.

2013 yilda o'zining futbolchilik faoliyatini yakunlagan ajoyib hujumchining oxirgi jamoasi premer liga vakili "Stok Siti" klubi bo'lgan.

Maykl Ouen Angliyaning barcha yosh toifasidagi jamoalarida o'ynagan. Angliya terma jamoasi safida esa 89 uchrashuvda maydonga tushgan va raqiblari darvozasini 40 bor ishg'ol etgan.


Maykl Ouenning eng gullagan davri 1996-2003 yillarga to'g'ri keladi. Aynan shu vaqt oralig'ida Maykl Ouen o'zining yorqin o'yinlari bilan barchani lol qoldirgan.

"Tillo bola" 2001 yilda "Oltin to'p" sovriniga ham ega chiqqan.

"Liverpul"dan "Real"ga o'tganidan keyin Ouenning faoliyatida pasayish yuzaga kelgandi.

"Real" asosan zaxira o'rindig'ida mixlanib qolgan Ouen bir yil o'tib jamoadan ketish payiga tushadi.
JCH-2006da borishni istagan Ouen o'yin amaliyotiga ega bo'lish maqsadida "Nyukasl" taklifini qabul qiladi.

Ouen Germaniyada o'tgan mundialda ishtirok etadi va SHveciyaga qarshi bahsda olgan jarohati tufayli ko'p muddat futboldan chetda qoladi.

Keyingi mavsumda esa uning "Nyukasl"dagi faoliyati ham juda omadsiz chiqadi va natijada jamoa bilan chempionshipga tushib ketadi.


SHundan so'ng Ouen "Manchester Yunayted" jamoasiga ko'chib o'tadi. Ouenning aynan shu qarori tufayli "Liverpul" muxlislarining juda katta qismi g'azablanadi.

"Liverpul" "erkatoyi"ning "Manchester Yunayted" libosida ko'rish mersisaydliklar uchun juda og'ir bo'ladi.

Ouenning "Manchester Yunayted"dagi faoliyati ham muvaffaqiyatli chiqmaydi. SHundan so'ng hujumchi "Stok Siti"ga yo'l oladi va aynan shu klubda butsasini mixga iladi.


SHaxsiy hayoti haqida
Maykl Ouen futbolchilar oilasida tug'ilgan. Uning otasi Terri Ouen "Everton" jamoasida o'ynagan.
Maykl Ouen maktabdagi muhabbati Luiza Bonsallga uylangan.
Maykl Ouenning to'rt nafar farzandi bor: 3 qiz (Jemmu Rouz, Emili Mey, Jessika), 1 o'g'il (Maykl Djeyms).

Erishgan yutuqlari:
Angliya kubogi: 2000/01
Futbol Liga Kubogi: 2000/01, 2002/03, 2009/10
Angliya Superkubogi: 2001, 2010
UEFA Kubogi: 2000/01
UEFA Superkubogi: 2001
Angliya Premer ligasi g'olibi: 2010/11

SHaxsiy yutuqlari:
Angliya premer ligasida yil futbolchisi: 1997/98
Angliya premer ligasi to'purari: 1997/98, 1998/99
BBC talqini bo'yicha "Yil Sportchisi": 1998
"Oltin to'p" sohibi: 2001


Maykl Ouen butun futbolchilik faoliyati davomida 542 o'yinda ishtirok etgan va 254ta gol urgan.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика