So’nggi yangiliklar

02:50Иброҳим Ибрагимов: "Сўғдиёна"нинг нозик томонларини ўрганиб чиққандик"  2 02:15Францияда ҳам чемпионат старт олди  0 01:57АПЛ старт олди: "Ливерпуль" мавсумни қийин ғалаба билан бошлади  22 01:33Башар Ресан: "Бу ғалабали йўлни "Андижон"га қарши ўйинда ҳам давом эттирмоқчимиз"  3 01:20"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Ноттингем"га ўтиши мумкин  0 01:00"Ал Ҳилол" қачон Қаршига келади? "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги тақвими маълум  1 00:49Уго Экитике - АПЛнинг 2025/26 йилги мавсуми илк голи муаллифи!  1 00:32"Байер" Эрик тен Хаг қўл остидаги илк расмий ўйинида йирик ғалаба қайд этди  2 00:06ЛаЛига қайтди! Илк ўйинда Мадрид жамоаси Каталонияда ғалабага эришди  1 23:57Жованни Леони дунёнинг энг яхши ҳимоячиси кимлигини айтди  1 23:40Ханс-Дитер Флик: "Учта соврин - бошланиш ҳолос"  8 22:59Иван Бошкович: "Бугун биз яхши рақибга мағлуб бўлдик, бундан трагедия ясаш керак эмас"  3 22:30"Ливерпуль" 18 ёшли ҳимоячини 35 миллион еврога сотиб олди  0 22:15"Андижон"га қарши ўйин, "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги имконияти, бугунги ҳимоявий ўйин ҳақида - Камолиддин Тожиев иштирокидаги матбуот анжумани  6 21:47"Андижон"нинг халқаро майдондаги ўйинлари тақвими маълум қилинди  19

Bugun O'zbekiston ayollar termasi Osiyo Kubogi–2018 saralashida kurashni boshlaydi Yangiliklar

Bugun O'zbekiston ayollar termasi Osiyo Kubogi–2018 saralashida kurashni boshlaydi

Teglar :  Ayollar futboli
O'zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo Kubogi–2018 saralash bosqichida ishtirokini boshlaydi.

SHerali Boboqulov bosh murabbiyligidagi jamoa Osiyo Kubogi–2018 saralash bosqichi “B” guruhidan joy olgan bo'lib, final bosqichiga chiqish uchun Janubiy Koreya, Gonkong, Hindiston va KXDR ayollar termasiga qarshi bahs olib boradi.


Quyida saralash bosqichida ishtirok etadigan futbolchilar ro'yxati keltirilgan.

Darvozabonlar:
Laylo Tilolova, Maftuna Jonimqulova, Gulandon Boymatova;
Himoyachilar: Xolida Dadaboeva, Kamola Risqieva, Maftuna SHoyimova, Dilrabo Asadova, Nozima Kamoltoeva;
Yarim himoyachilar: Irodaxon Turdalieva, Zumratxon Nazarova, Umida Zoirova, Malika Burxonova, Sevara Normurodova, Saida Galimova, Maxfuza Turopova, Feruza Turdiboeva, Mavluda Munavvarova, Dildora Nozimova;
Hujumchilar: Nilufar Qudratova, Lyudmila Karachik, Lianna Narbekova, Maxliyo Sarikova, Rushaniya Safina.

“B” guruhi uchrashuvlari 3–11 aprel kunlari KXDRda bo'lib o'tadi. O'zbekiston ayollar terma jamoasining o'yin taqvimi quyidagicha:
3 aprel. Gonkong – O'zbekiston
7 aprel. O'zbekiston – Hindiston
9 aprel. O'zbekiston – KXDR
11 aprel. Janubiy Koreya – O'zbekiston

Reglamentga ko'ra, faqatgina guruh bosqichida zafar quchgan terma jamoa Osiyo Kubogi–2018 turnirining final bosqichiga yo'llanma oladi. O'z guruhida g'alaba qozongan terma jamoalar Yaponiya, Avstraliya, Xitoy (Osiyo chempionati–2014 yakuniga ko'ra eng yuqori reytingga ega bo'lgan jamoalar) hamda Iordaniya (turnir mezboni)ga qo'shiladi.

SHu tariqa, 2018 yilning 7–22 aprel kunlari bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati final bosqichida jami 8 terma jamoa ishtirok etadi. Final bosqichida eng yaxshi natijani qayd etigan besh terma jamoa Franciyada iyun/iyul oylarida bo'lib o'tadigan ayollar o'rtasidagi JCH–2019 musobaqasiga yo'llanma oladi.

Malumot uchun, O'zbekiston ayollar terma jamoasi FIFA reytingida 42-o'rinda (1548 ochko) bormoqda.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика