So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  0 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  0 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  1 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  0 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  23 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  2 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

Bugun "Neftchi" va "Cementchi" to'qnashuvi bo'ladi Yangiliklar

Bugun "Neftchi" va "Cementchi" to'qnashuvi bo'ladi

Teglar :  Neftchi
SHu kunlarda Farg'onaning “Neftchi” jamoasi Qirgulidagi “Neftchi” SK stadionida mashg'ulotlarni olib bormoqda.

Murabbiylar shtabidagi Murod Ismoilov, Sergey Lebedev hamda Bahrom Haydarov kabi tajribali mutaxassislar futbolchilar bilan ishlayotgan bo'lsa, Bahodir SHamshiddinov darvozabonlarni shug'ullantirmoqda. Kundalik asosiy jarayon shundan iborat sanaladi. Avval xabar berib o'tganimizdek, qishki o'quv-mashg'ulot yig'inlari bir mahaldan o'tkazilmoqda.


Bugun jamoaning joriy yildagi dastlabki uchrashuvi Quvasoyning “Cementchi” jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi. Aytish kerakki, mazkur o'rtoqlik o'yini xar ikkala jamoa uchun ham anchayin foydali sanaladi. “Neftchi” jamoasining mazkur o'yindan asosiy ko'zlagan maqsadi, jamoa ko'rigida bo'lib turgan bir qator farg'onalik yosh futbolchilarni sinovdan o'tkazish va qishki yig'in chog'ida futbolchilarga ko'proq o'yin amaliyoti taqdim etishdan iboratdir. SHuningdek, quvasoyliklar ham mazkur bellashuv orqali ko'rikdagi yangi ijrochilarni ko'zdan kechiradi. Bu “Neftchi” jamoasi uchun mazkur haftadagi yagona o'yin emas. SHanba kuni farg'onaliklarni viloyatining yana bir jamoasiga qarshi o'yin kutmoqda.

Malumot o'rnida, bugungi o'rtoqlik o'yini Qirgulidagi “Neftchi” SK stadionida soat 11:00da boshlanadi.  Derbiga marhabo!


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика