So’nggi yangiliklar

18:12"Атлетико" "Ал Насср" аъзосига даъвогар  0 17:44"Реал" собиқ футболчиси Туркия клуби билан музокаралар олиб бормоқда  0 17:15"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаев учун ЦСКАга пул ўтказолмаяпти  9 16:52"Бухоро" "Хоразм" билан муроса кўчасини танлаган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 16:35"Динамо" футболчилари микст-зона орқали ҳаракатланмади, "Навбаҳор" стадиони ходими захира ўриндиғи ёнига туриб олди, "Қўқон-1912" "Бобур Арена"га киришда муаммога дуч келди — Лига комиссарлари билдиргиси  2 16:18Гринвуд "Ал Насср"га қўшилиши мумкин  3 15:55"Нефтчи" посбони, 1:0 ҳисобида ютган мураббий, дублга эришган ҳужумчи — Суперлигада 18-турнинг энг яхшилари   2 15:41Элдор Шомуродов "Викинг"га қарши баҳсдан сўнг нималар деди?  5 15:13Суперлига 18-тур рамзий терма жамоаси  6 14:46"Манчестер Сити" Родриго борасида "Реал" билан музокараларни бошлади  2 14:18"Барселона" янги мавсум олдидан катта йўқотишларга учради  13 13:49"Челси" КЖЧдаги бонусларини Диогу Жотанинг оиласига хайрия қилади  5 13:26Дембеле – 2025 йилда голли ҳаракатлар бўйича Европанинг энг яхши футболчиси  20 12:57Мавсум давомидаги энг кўп томошабин Суперлиганинг 18-турига келди  12 12:34Расман: "Милан" Бельгия терма жамоаси аъзоси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0

Bugun mening tug'ilgan kunim! Yangiliklar

Bugun mening tug'ilgan kunim!

Bugun yosh bo'lishiga qaramay, futbol jamoatchiligining etiboriga tushib ulgurgan futbolchining tug'ilgan kuni.

Bugun posbon 18 yoshni qarshi oldi.  

Janluiji "Milan" akademiyasi tarbiyalanuvchisi ekanligini jamoaga befarq bo'lmaganlar yaxshi biladi. 2015 yilga kelib iqtidorli posbon asosiy jamoa mashg'ulotlari, keyinroq esa bevosita o'yinlarga chaqirila boshladi. 


Donnarumaning Italiya chempionatidavgi debyuti 2015 yilning 25 oktyabrida "Sassuolo"ga qarshi uchrashuvga to'g'ri keldi (2:1). 

Bir qarashda navbatdagi iqtidorning oddiy debyuti, lekin o'sha kuni maydonga tushgan yosh Janluiji tarixga kirdi. Qanday deysizmi, qaxramonimiz Italiya futboli tarixidagi eng yosh darvozabon bo'ldi. Qizig'i, ungacha rekord biz yaxshiroq biladigan va yaxshi(roq) ko'radigan Jiji Buffonga tegishli edi. 

Birinchi "quruq o'yin" ham o'zini uzoq kuttirmadi. Donnarumma keyingi turdayoq, "Kevo"ga qarshi o'yinda bu ishni bajarib qo'ya qoldi. Eslatib o'tamiz, o'sha bahs milanliklarning kichik 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangandi. 

Hali katta jamoa tarkibida, katta futbolda tajribasini aytarli darajada oshibirib ulgurmay, "Lacio" bilan uchrashuv! Balki, yosh itqidor ruhan "sinmasligi" uchun zaxirada qoldirarmiz? Yo'q, xavotirga tushmang, hammasi joyida. Donnarumma asosiy tarkibda va jamoa 3:1 hisobda zafar quchdi. To'g'ri, kiper gol o'tkazib yubordi, lekin o'yinni ko'rganlar yaxshi bilishadi, bir necha qiyin vaziyatlarda, asosiysi muhim pallada Janluiji o'zini yo'qotib qo'ymadi va yakunda kutilgan g'alaba.


Bu mavsumda tajribali hamkasblariga: "Sizlarni hurmat qilaman, lekin meni davrim keldi, biroz dam olib turinglar" degandek, yosh darvozabon asosiy tarkibdagi joyini hech kimga bermayapti. Natijada, "Real"dan kelgan Diego Lopes xafa bo'lib, "Espanol"ga ketib qoldi. 

Italiya Superkubogi-2015/16 uchun bahsda jamoasining "Yuventus"ni taslim etib, juda uzoq kutilgan sovringa ega chiqishida Donnarummaning xizmatlarini alohida qayd etish lozim. Asosiy vaqtda kuchli hujumi bor "Yuventus"ning jig'iga tekkan darvozabon, penaltilar seriyasida Paulo Dibalaning zarbasini qaytarishga muvaffaq bo'ldi.  




Mamlakatning bir necha yosh toifalaridagi terma jamoalarida o'ynagan Janluiji o'smirlar o'rtasidagi Evropa CHempionati-2015 (U-17) ishtirokchisi hisoblanadi. Darvozasini Donnarumma qo'riqlagan italiyaliklar chorakfinalga qadar etib borishdi. 

2016 yilning avgustida futbolchi milliy terma jamoaga chaqiruv oldi. SHu joyda u yana bir rekordni yangilab qo'ydi. Yaqin 105 yil ichida Donnarumma kabi "yosh bolalar" termaga yaqinlashtirilmayotgandi. Termadagi debyut ham kimsan Franciyaga qarshi o'yinda bo'ldi. Tanaffusda u adashi va shubhasiz, bolalikdagi kumiri Janluiji Buffonning o'rniga maydonga tushdi.  

Italiya Superkubogi qaxramonimizning katta futboldagi birinchi sovrini, lekin ohirgisi emasligiga chin dildan ishongimiz keladi. Ushbu posbonga omad va zafarlar tilash uchun "Milan" muxlisi bo'lish shart emas menimcha. 


Tug'ilgan kuning muborak Janluiji Donnarumma!


Omonjon To'xtamirzaev

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика