So’nggi yangiliklar

11:47"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда  0 11:20Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  36 10:29"Динамо" Беларусда учта ўртоқлик ўйини ўтказади  2 10:05"Эсхата" устози Шуҳрат Умаров: "Шацкихга омад, ОЧЛда "Андижон"га мухлислик қиламиз"  0 09:43"Хоразм" назорат учрашувида "Бунёдкор" ўринбосарлари билан дуранг ўйнади  1 09:22Иззатилло Пўлатов: "Халқимиз қўллаб-қувватлаб турса, барчасига бирга эришамиз"  1 08:46Одил Ҳамробеков "Трактор"да норасмий дебютини ўтказди  0 08:21"Манчестер Юнайтед" беш футболчига базага киришни тақиқлади — клуб улардан воз кечмоқчи  8 08:00"Финалиссима-2026": Испания ва Аргентина ўртасидаги супероқшом март ойида бўлиб ўтади  2 07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  2 01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  7 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  3 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  7 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  4 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  3

Bugun klublar o'rtasidagi jahon chempionatiga qura tashlanadi Yangiliklar

Bugun klublar o'rtasidagi jahon chempionatiga qura tashlanadi

Teglar :  Sardor Rashidov
Bugun, 9 oktyabr Toshkent vaqti bilan 13:00da 2017 yilning dekabr oyida BAAda bo'lib o'tadigan klublar o'rtasidagi jahon chempionatiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

Ushbu turnir 6-16 dekabr kunlari Abu Dagi va Al-Ayn shaharlarida bo'lib o'tadi.

Musobaqa ishtirokchilari:

"Al-Jazira" (Mezbon, BAA chempioni)

"Oklend Siti" (Okeaniya CHempionlar ligasi g'olibi)

"Pachuka" (KONKAKAF CHempionlar ligasi g'olibi)

"Real" (UEFA CHempionlar ligasi g'olibi)

Afrika CHempionlar ligasi g'olibi (5 noyabrda g'olib aniqlanadi)

OFK CHempionlar ligasi g'olibi (25 noyabrda g'olib aniqlanadi)

Libertadores Kubogi g'olibi (29 noyabrda g'olib aniqlanadi)


Qura jarayoni

Turnirdagi ilk uchrashuv "Al-Jazira" va "Oklend Siti" klublari o'rtasida bo'lib o'tadi. Ushbu juftlik qurada bir shar bo'lib ishtirok etadi va g'olib jamoa chorak finalda OFK CHempionlar ligasi g'olibi, Afrika CHempionlar ligasi chempioni va "Pachuka" bilan o'ynashi mumkin. Libertadores Kubogi g'olibi va "Real" turnirga yarim finaldan qo'shilishadi.


B - OFK CHempionlar ligasi g'olibi, Afrika CHempionlar ligasi chempioni va "Pachuka"

C - Libertadores Kubogi g'olibi va "Real"

Eslatib o'tamiz, ushbu turnirda ishtirok etadigan "Al-Jazira" safida hamyurtimiz Sardor Rashidov to'p tepadi. Agar u ushbu musobaqada qatnashsa, Rashidov klublar o'rtasidagi jahon chempionatida qatnashgan birinchi o'zbekistonlik bo'lishi mumkin. Yana bir yurtdoshimiz Odil Ahmedov esa "SHanxay SIPG" bilan OFK CHempionlar ligasidagi yurishini davom ettirmoqda. SHanxayliklar yarim finalning ilk uchrashuvida "Urava Red Daymonds" bilan 1:1 hisobida durang qayd etishdi. Javob uchrashuvi 18 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика