So’nggi yangiliklar

08:02Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор  1 07:32Постекоглуга сўнгги имконият берилди  0 07:10Суперлига. ОКМК – "Қўқон-1912" 0:1   1 01:33"Спорт-Экспресс": Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Дешамдан кўп маош олади  37 01:00Аргентина термасининг октябрь ойидаги ўртоқлик ўйинлари учун қайдномаси эълон қилинди  1 00:36Англияда рекорд ўрнатган мураббий МЮни текинга бошқаришга тайёр  3 00:17Франческо Тотти: "Фақатгина "Рома" бунга қодир бўлса керак"  1 23:48Никки Батт: "Манчестер Юнайтед"даги ҳолатни Пеп ва Клопп ҳам ўнглай олмайди"  3 23:26ЛаЛиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  2 23:05Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" 1:1  0 22:53Миржалол Қосимов: "Бугун тўп билан муомала қила олмадик"  2 22:26Баҳром Ҳайдаров: "ОКМКдек жамоани ютиш биз учун катта шараф"  3 22:15U-21 биринчилиги. 23-турда пешқадам ўзгарди, "Бунёдкор"дан 6:1 ва бошқа натижалар  1 21:47Шерзод Жўраев: "Ҳозир кўпроқ футболчиларни руҳан тиклаш устида иш олиб боряпмиз"  6 21:24Ҳаким Фузайлов: "Шогирдларимга охиригача курашишгани учун раҳмат айтаман"  4

Bugun katta futbol! "Lokomotiv" "Al Nasr" bilan o'ynaydi Yangiliklar

Bugun katta futbol! "Lokomotiv" "Al Nasr" bilan o'ynaydi

Bugun "Lokomotiv" Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasida 6-tur uchrashuvini o'tkazadi.

"Temiryo'lchilar" Toshkentda BAAning "Al Nasr" klubiga qarshi kurash olib borishadi.

"Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadigan bahs soat 20:00da start oladi. Kecha har ikkala jamoa o'yin bo'ladigan maydonda rasmiy mashg'ulot o'tkazdi. Mashg'ulot OCHL reglamentiga binoan bir soatdan davom etdi. Bugungi bahsni sariq kartochkalari soni ikkitaga etgani bois "Loko" himoyachisi Sergey Proxorov o'tkazib yuboradi. "Al Nasr" tarkibida esa bunday yo'qotish yo'q.


Endi esa bugungi o'yinga oid bazi malumotlarga to'xtalib o'tamiz.


- Bugungi bahs "Lokomotiv" va "Al Nasr" o'rtasidagi uchinchi to'qnashuv bo'ladi. Jamoalar ilk bor 2013 yil OCHL pley-off bosqichida o'zaro to'qnash kelishgan va bunda "Al Nasr" 3:2 hisobi bilan g'alaba qozongan. Ikkinchi o'yin esa shu yilning 20 aprel kuni o'tkazildi va bunda 1:1 hisobi qayd etildi.

- "Lokomotiv" OCHL guruh bosqichida ikkinchi bor, "Al Nasr" esa uchinchi marta ishtirok etyapti.

- Bugungi o'yindagi g'alaba yoki durang natija ham "Lokomotiv"ning guruhda birinchi o'rinni olishini taminlaydi. "Loko" o'tgan yil OCHLda oltita o'yin o'tkazib, shundan to'rttasida mag'lub bo'lgandi. Bu yil esa jamoaning ko'rsatkichlari ancha yaxshi. SHu paytgacha o'tkazilgan beshta uchrashuvdan birortasida jamoa mag'lub bo'lmadi.

- Hujumchi Temurxo'ja Abduxoliqov uchta gol bilan "Loko"ning OCHLdagi eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi. Aytib o'tganimizdek, bugungi bahsni Sergey Proxorov o'tkazib yuboradi. Kaxi Maxaradze diskvalifikaciya sabab o'tgan o'yinda maydonga tusha olmagandi, u bugungi bahsda ishtirok etishi mumkin.

- Bu "Al Nasr"ning Toshkentga ilk tashrifi. Jamoa bungacha OCHLda sakkiz marta safar uchrashuvlarida to'p tepgan va shundan ettitasida mag'lub bo'lgan. Birgina g'alaba shu yil "Al Ittihod" maydonida qayd etilgan. "Al Nasr" braziliyalik hujumchi Nilmarning ikkita goli evaziga Saudiya Arabistonidan 2:1 hisobidagi g'alaba bilan qaytgan.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика