So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  1 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  4 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Bugun futbol. "So'g'diyona" - "Nasaf" Yangiliklar

Bugun futbol. "So'g'diyona" - "Nasaf"

Bugun Superliganing 20-turidan o'rin olgan uchta bellashuv o'tkaziladi. Jizzaxda "So'g'diyona" "Nasaf"ni qabul qiladi.

Musobaqa jadvalida "So'g'diyona" 16 ochko bilan 11-o'rinda bormoqda. "Nasaf" esa 23 ochko jamg'argan va 8-o'rinni egallab turibdi. Buyog'iga "So'g'diyona" elitada qolish uchun kurashadi, "Nasaf" esa kuchli oltilikka kirishga harakat qilib ko'radi.

"So'g'diyona" o'z maydonida "Buxoro"ni 3:0 hisobida mag'lub etganidan beri keyingi uchrashuvlarda g'alaba qozona olmadi. Jamoa shundan so'ng beshta uchrashuvda maydonga tushib, to'rt marta imkoniyani boy berdi va bir bor durang qayd etdi. Qizig'i shundaki, mana shu oxirgi beshta o'yinda raqib darvozasiga atigi bitta to'p kiritildi.

Bugungi bahs "So'g'diyona" uchun uydagi 10-uchrashuv bo'ladi. Bu jamoa o'z maydonida faqat ikki bor zafar quchgan: "Navbahor" va "Buxoro" ustidan. "So'g'diyona" uy uchrashuvlarida 9 ochkoli bo'lgan. To'plar nisbati 9-10.

Oxirgi paytlarda "Nasaf"ning hech omadi kelmayapti. Qarshiliklar o'tgan turda yana mag'lubiyatga uchrashdi. Jamoa o'z maydonida AGMKga 0:2 hisobida yutqazib qo'ydi. "Nasaf"ning safarda ham ishlari yurishmayapti. CHunki bu jamoa safar bellashuvlarida faqat bir marta g'alaba qozongan. "Nasaf" 3-turda "Qizilqum"ni mag'lub etib qaytgan.

Ro'ziqul Berdiev shogirdlari umumiy hisobda safarda 9 bor maydonga tushib, bitta g'alaba, 5 durang va 3 mag'lubiyat bilan 8 ochko to'plashgan. To'plar nisbati: 6-9. Birinchi davrada Qarshida bo'lib o'tgan o'yinda "So'g'diyona" kutilmaganda 2:1 hisobida zafar quchgan. Bugun maydon egalari o'sha g'alaba tasodif emasligini isbotlashga harakat qilishadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика