So’nggi yangiliklar

12:39"Футболчи учун жароҳатдан-да хавфли муаммо бор"  0 12:35"Камп Ноу"да чим ётқизишни ишлари бошлади  0 12:15Эрон матбуоти: Машарипов жароҳат олди  1 12:04"Нефтчи" U-20 Жаҳон чемпионатида иккита гол урган футболчи билан шартнома тузди  1 11:42Отабек Нарзуллаев — "Машъал" янги бош мураббийи  1 11:36Ўзбекистон U-21 октябрь ойида Қозоғистон U-21 билан ўйнайди  2 11:12Расман: Шаҳзод Азмиддинов - “Андижон” футболчиси  3 11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  1 10:23Сон Хён Мин фаолиятини АҚШда давом эттиришга яқин  2 09:50Зайниддин Тожиев Пролига жамоасида иш бошлади  2 09:14"Бухоро" беш нафар футболчини рўйхатдан ўтказди  2 08:40"Пахтакор" футболчисини "Динамо"га ижарага берди  3 08:09ОКМК ҳужумчиси иккинчи даврани водийда давом эттиришга яқин  0 07:402026 йилги жаҳон чемпионатига қуръа ташлаш маросими қаерда ва қачон бўлиб ўтиши маълум  6 00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  3

Bugun futbol. "Qizilqum" - "Qo'qon-1912" Yangiliklar

Bugun futbol. "Qizilqum" - "Qo'qon-1912"

Bugun Superliganing 5-turidan o'rin olgan bitta uchrashuv bo'lib o'tadi.

Navoiyning "Qizilqum" jamoasi o'z maydonida "Qo'qon-1912"ni qabul qiladi. Turnir jadvalida "Qizilqum" 5 ochko bilan 7-o'rinni egallab turibdi. Qo'qonliklar 2 ochko bilan oxirgi o'rinda borishyapti. Mavsumni ketma-ket ikkita durang bilan boshlagan "Qo'qon-1912" shundan so'ng keyingi ikki bellashuvda imkoniyatni boy berdi. 

Qo'qon shahri jamoasi uchun ayniqsa 3-turda AGMKdan uchralgan 1:7 hisobidagi mag'lubiyat alamli bo'ldi. CHunki jamoa shunday hisobda yutqazib qo'yishini hech kim kutmagandi. Jamoa mag'lubiyat tasiridami, keyingi o'yinda ham o'zini ko'rsata olmadi va Farg'onada "Buxoro" bilan kechgan bellashuvda yana yutqazib qo'ydi. 

Umuman olganda "Qo'qon-1912" oxirgi ikki o'yinda o'z darvozasidan 10 (!) ta gol o'tkazib yubordi. Buni esa ko'p desa bo'ladi. Bugungi raqib "Qizilqum"ning hujum chizig'i Navoiyda juda yaxshi harakat qilishini inobatga olsak, mehmonlarga oson bo'lmasligini taxmin qilish qiyin emas. 

"Qizilqum"ga kelsak, bu jamoa hozircha to'rtta o'yindan faqat bittasida g'alabaga erishdi. Hamidjon Aktamov shogirdlari uyda AGMKni 3:1 hisobida mag'lub etishdi. Bu Aktamovning tarjibali murabbiy Mirjalol Qosimov ustidan ilk g'alabasi bo'lganini eslatib o'tamiz. Navoiyliklar hozircha ikki bor durang qayd etib, bir marta mag'lubiyatga uchrashgan. Jamoa o'tgan turda Bekobodga safar qilib 1:4 hisobida engilib qaytdi. Bu esa "Qizilqum"ning joriy mavsumdagi ilk yirik mag'lubiyati bo'ldi. 

Navoiydagi oxirgi 5 o'yin: 

2018 yil. Ikkinchi bosqich. "Qizilqum" - "Qo'qon-1912" 1:0 

2018 yil. Birinchi bosqich. "Qizilqum" - "Qo'qon-1912" 0:2 

2017 yil. "Qizilqum" - "Qo'qon-1912" 3:1 

2016 yil. "Qizilqum" - "Qo'qon-1912" 1:1 

2015 yil. "Qizilqum" - "Qo'qon-1912" 3:1 

Navoiyda kechgan oxirgi beshta o'yinga qarab "Qizilqum"ning ustunligini ko'ramiz. Zero jamoa o'z maydonidagi so'nggi beshta bahsdan uchtasida g'alaba qozongan. Bir marta durang o'ynab, yana bir bor mag'lub bo'lgan. Umumiy to'plar nisbati 8-5, "Qizilqum" foydasiga. Qo'qonliklar beshta uchrashuvdan to'rttasida raqib darvozasiga to'p kiritishni uddalashgan-u, biroq o'tgan yil oxirgi o'yinda gol ura olishmagan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика