So’nggi yangiliklar

09:37Суперлига. Бугунги учрашувларни кимлар шархлайди?  0 09:24Кунде: "Рекордни янгиламоқчиман"  0 08:57"Ювентус" Артурни ижарага беради  0 08:27Sofascore. Кечаги учрашувда Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 08:00Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Крайова" 1:2  0 07:56Суперлига. Бугун бизни яна иккита учрашув кутиб турибди  9 07:35Суперлига. "Нефтчи" йирик ҳисобда ғалаба қозонди, "Бухоро" – "Қўқон-1912" баҳсида эса ўйин тақдирини битта гол ҳал қилди  1 07:30Расман. "Ювентус" футболчиси АПЛга кўчиб ўтди  0 01:52Конференциялар лигаси саралаши. "Кристал Пэлас" илк ўйинда ўз майдонида кичик ғалаба қайд этди  0 01:15"Манчестер Сити" марказий ҳимоячисини сотиб юборди  1 00:45Конференциялар лигаси саралаши финали. "Истанбул Башакшеҳир" дастлабки ўйинда мағлуб бўлди, Файзуллаевда дебют, Шомуродовда тўлиқ ўйин  68 00:29"Манчестер Юнайтед" трансфер ойнаси ёпилгунга қадар "Штутгарт" футболчисини сотиб олишни истамоқда  1 00:14"Милан" вингери АПЛ клубига ўтди  1 23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3

Bugun futbol. Oltita o'yindan beri g'alaba qozonmayotgan "Navbahor" oxirgi uch o'yinda yutgan jamoani qabul qiladi Yangiliklar

Bugun futbol. Oltita o'yindan beri g'alaba qozonmayotgan "Navbahor" oxirgi uch o'yinda yutgan jamoani qabul qiladi

Teglar :  OlmaliqNavbahor
Bugun oliy liganing 14-turidan o'rin olgan beshta bahs bo'lib o'tadi. "Navbahor" o'z maydonida "Olmaliq"qa qarshi to'p tepadi.

Bu o'yin ikkala jamoa uchun ham muhim. Ayniqsa, "Navbahor" bugun faqat uch ochkoni ko'zlab harakat qiladi. CHunki jamoa oxirgi oltita uchrashuvda g'alaba qozona olmadi: to'rt durang, ikki mag'lubiyat. SHunday bo'ldiki, "Navbahor" ketma-ket to'rtta bellashuvni durang bilan yakunladi.

"Olmaliq"qa kelsak, bu jamoaning ishlari yaxshi ketyapti. Viktor Kumikov shogirdlari qatorasiga 9 o'yindan beri mag'lubiyatga uchrashmadi. Bundan tashqari, jamoa oxirgi uch o'yinni faqat g'alaba bilan tugatdi. "Olmaliq" o'z maydonida "Metallurg" va "Paxtakor", safarda "SHo'rtan" klublarini mag'lub etdi.

Yana bir qiziq jihati shuki, "Olmaliq" ketma-ket besh o'yindan beri o'z darvozasidan to'p o'tkazmayapti. Umuman olganda, bu jamoa shu paytgacha safarda ikki bor zafar quchgan. Yana ikki marta durang o'ynagan bo'lsa, uchta o'yinda yutqazib qyo'gan. To'plar nisbati 5-10.

"Navbahor" bugun o'z maydonida sakkizinchi o'yinini o'tkazadi. Avvalgi o'yinlarda namanganliklar mag'lub bo'lishmagan: uch g'alaba, to'rt durang. To'plar nisbati 9-6. "Navbahor" uy bellashuvlarida hozircha 13 ochkoli bo'lgan.

Bilasizmi? "Navbahor" oxirgi uchta uy uchrashuvini durang bilan yakunladi. Jamoa o'z maydonida "Lokomotiv", "Bunyodkor" va "Qo'qon-1912" bilan durang qayd etdi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика