So’nggi yangiliklar

17:24АПЛда апрель ойининг энг яхши мураббийи эълон қилинди  0 17:14Суперлига. "Андижон" – "Нефтчи". Таркиблар маълум  2 16:49АПЛда апрель ойининг энг яхши футболчиси аниқланди  0 16:26Ўзбекистон Кубоги. 3-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  0 16:02Суперлига. 9-тур дисквалификациялари: ОКМК, "Пахтакор" ва "Навбаҳор" 1 нафардан йўқотишга эга   1 15:42Лени Йоро "Манчестер Юнайтед"га ўтганидан афсусда  5 15:13Малуда "Челси"га Осимхенни трансфер қилишни маслаҳат берди  0 14:44"Барселона" ярим ҳимоячисини сотишга тайёр  1 14:17"Барселона" "Челси" ҳимоячисини харид қилмоқчи  1 13:49Breaking! Хаби Алонсо "Реал" билан неча йиллик шартнома тузиши маълум  12 13:28Бу йил қайси клублар кучли учликда бўлади?  2 12:45Нега мураббийлар ёшларни кашф қилмайди?  1 12:13"Андижон" – мухлислар ташрифи бўйича етакчи!  20 11:45Тарихий рекорд: "Интер" "Барселона" билан ўйин чипталаридан 14,7 млн евро ишлаб олди  7 11:19"Барселона" "Интер" футболчисини сотиб олмоқчи  7

Bugun futbol. "Olimpik" - "Lokomotiv" Yangiliklar

Bugun futbol. "Olimpik" - "Lokomotiv"

Bugun bo'lib o'tadigan ikkita o'yin bilan Superliganing 9-tur uchrashuvlariga start beriladi.

"Lokomotiv" stadionida "Olimpik" va "Lokomotiv" jamoalari o'rtasidagi bahs bo'lib o'tadi. O'yin soat 19:00da boshlanadi. Turnir jadvalida jamoalar yonma-yon o'rinlarda bormoqda. "Lokomotiv" 9 ochko bilan 9-o'rinni egallab turgan bo'lsa, "Olimpik" 8 ochko to'plagan holda 10-pog'onada kelyapti. 

"Lokomotiv" joriy mavsum boshidan beri 8ta o'yin o'tkazib, shundan uchtasida g'alaba qozondi va besh bor mag'lub bo'ldi. To'plar nisbati 8-11. "Temiryo'lchilar" uyda AGMK va "Surxon", safarda esa "Neftchi"dan ustun kelishdi. 

Superliga debyutanti "Olimpik" hozircha bitta o'yinda g'alabaga erishgan. Timru Kapadze shogirdlari 6-turda "Bunyodkor"ni mag'lub etgandi. Jamoa hisobida shuningdek, 5 durang va ikki mag'lubiyat bor. To'plar nisbati 8-6. 

Bugungi bahsning yana bir qiziq tomoni, Timur Kapadze va Denis Korostichenko o'rtasida yuzaga keladigan qarama-qarshilik. Muxlislar yaxshi biladi, 2019 yil "Lokomotiv" o'rinbosarlarida Kapadze - Korostichenko juftligi faoliyat yuritgandi. Taqdir taqozosi bilan har ikki murabbiy O'zbekiston olimpiya terma jamoasida ham birga ishladi. 

Bugun esa ular raqib. Bugungi o'yinni taniqli hakam Ilgiz Tantashev boshqarib boradi. O'yinda VAR tizimi ishlaydi. 

Superliga 9-tur. "Lokomotiv" stadioni. 19:00

OLIMPIK – LOKOMOTIV

Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Elnur Doniyorov, Artyom Kalinin, Hasan Nabiev

Nazoratchi: Baxtiyor Tagaev

VAR hakami: Aziz Asimov

VAR assistenti: Edita Mirabidova

VAR nazoratchisi: Vladislav Ceytlin

Komissar: Laziz Qo'chqorov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика