So’nggi yangiliklar

18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  3 18:39Аббос Файзуллаев - ЦСКАнинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси  3 18:22ЎФА ходими: Файзуллаев эртанги ўйинга тайёр   8 17:43Роналду "Барселона" футболчиси билан ҳазиллашди  4 17:25"Барселона" раҳбарияти Хавидан iPhone ва iPad'ларни қайтаришни сўрамоқда  9 17:01Испаниянинг мағлубиятсиз серияси нечта ўйинга етди?   1 16:45Аббосбек Файзуллаев эртага майдонга туша оладими?!  17 16:41Тошкентга келган БАА ҳужумчиси охирги уч ўйинда дарвозага умуман аниқ зарба бермади  11 16:36"Арсенал"ни стандартлар бўйича Европанинг энг кучли жамоасига айлантирган мураббий  1 16:20"Барселона" "Арсенал"дан текинга футболчи олмоқчи  0 16:01Симеоне январда кетмоқчи эмас  0 15:42Иньеста ростдан ҳам "Реал"га мухлис бўлганми?  4 15:21Холанд журналистлардан узр сўради  2 14:54"Ливерпуль" футболчисининг голи Жек Грилишга 500 фунтга тушди  2 14:20Погба Франция чемпионатига қайтишга яқин  1

Bugun futbol. “Obod” – “Nasaf” Yangiliklar

Bugun futbol. “Obod” – “Nasaf”

Teglar :  NasafObod
Bugun “Nasaf” Toshkentda “Obod” jamoasi bilan bahs yuritadi. Uchrashuv TTYMI stadionida soat 16:00da boshlanadi.

O'zPFL 22-tur
“Obod” (Toshkent) – “Nasaf” (Qarshi)
22.09.2017. TTYMI stadioni. 16:00da
Bosh hakam:
Vadim Agishev (Toshkent)
Qanot hakamlari: Nabiyjon Ro'zimov (Toshkent), Sultonmurod Ulfatov (Toshk.vil.)
Zaxira hakami: Rustam Lutfulin (Toshkent)
Nazoratchi: Farxod Abdullaev (Toshkent)
O'zPFL vakili: Baxtiyor Mametov.
 
Bugun jamoalar o'z tarixidagi to'rtinchi o'zaro uchrashuvida maydonga tushadilar. Bo'lib o'tgan  uch uchrashuvda ham “ajdarlar” g'alabaga erishgan. “Obod” jamoasi o'tgan uchrashuvlarda “Nasaf” darvozasiga bironta to'p kirita olmagan. To'plar nisbati bo'yicha ham ustunlik "Nasaf" tomonida, bu 5:0ni tashkil etadi.

Toshkentda bu jamoalar faqat o'tgan yili o'zaro bellashgan, unda "Nasaf" 3:0 hisobida “Obod”ni mag'lub etgan. Qarshida bo'lgan uchrashuvlarda kichik 1:0 hisoblari qayd etilgan.

“Obod” jamoasi autsayderlar qatorida borayotgan bo'lsada. Bu jamoaning himoyada tartibli o'ynashi hammaga malum. Albatta uchrashuvni o'z maydonida o'tkazayotgan har bir jamoa hujumkor o'yin namoyish etadi. Murabbiylar shularni hisobga olib, futbolchilariga kerakli ko'rsatmalarni berishi turgan gap.

Bugungi uchrashuvda tajribali himoyachi Akmal SHorahmedov "Nasaf"ga yordam bera olmaydi. Uning sariq kartochkalari soni to'rttaga etgani bois, bugungi uchrashuvni o'tkazib yuborishga majbur.

“Obod” – “Nasaf” jamoalarining turnir jadvalidagi holatiga qaramasdan, bo'lajak uchrashuvni  qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy tarzda o'tishini oldindan bemalol taxmin qilsa bo'ladi. Zero, jamoa har qanday uchrashuvga puxta tayyorgarlik ko'radi va muxlisbop o'yin namoyish etadi.

SHunday ekan, ushbu qiziqarli uchrashuvni o'tkazib yubormang.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика