So’nggi yangiliklar

07:30Хато тан олинди: "Арсенал" дарвозасига пенальти белгиланиши керак бўлган  1 02:58АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади  10 01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  1 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  10 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  6 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  4 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  6 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  14 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  4 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  9 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0

Bugun futbol. "Neftchi" - "Olimpik" Yangiliklar

Bugun futbol. "Neftchi" - "Olimpik"

Bugun bo'lib o'tadigan ikkita o'yin bilan Superliganing 8-tur uchrashuvlariga start beriladi.

O'zbekiston olimpiya terma jamoasining o'zagini tashkil etuvchi "Olimpik" bugun Yaypanda "Neftchi" mehmoni bo'ladi. Bilasiz, Farg'onadagi stadion mavsumga to'liq tayyor bo'lmagani bois o'yin Yaypanda tashkil etiladi. 

Turnir jadvalida "Neftchi" 4 ochko bilan oxirgi o'rinda bormoqda. Farg'onaliklar hisobida 7 o'yindan faqat bitta g'alaba bor. Jamoa dastlabki turda "Qo'qon-1912" ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozongandi. SHunlan so'ng "Neftchi" qatorasiga 4ta mag'lubiyatni qabul qildi. 

Samarqandda "Dinamo" bilan 1:1 o'ynagan jamoa o'tgan tur yana Yaypandagi o'yingohda mag'lubiyatga uchradi. Bu safar "Lokomotiv" g'alaba qozonib ketdi. Joriy mavsum Superligaga qaytgan "Neftchi"ning negadir omadi kelmayapti. SHu bois ham har o'yindan so'ng bosh murabbiy Ilhom Mo'minjonovning istefosi haqidagi gaplar quloqqa chalinyapti. 

"Olimpik" haqida gapiradigan bo'lsak, "Superliga" debyutanti 7 o'yinda 7 ochko jamg'arishga ulgurdi. "Olimpik" ham hozircha bitta uchrashuvda g'alaba qozongan. Timur Kapadze shogirdlari "Bunyodkor"ni 5:1 hisobida mag'lub etib, ancha shov-shuv ko'tarishdi. Lekin o'tgan tur jamoa o'z maydonida "Dinamo"ni enga olmadi va 1:1 hisobida durang natija qayd etdi. "Olimpik"da to'plar nisbati ham yaxshi 8-6. 

Bugun Yaypanda qiziqarli to'qnashuv kechishi kutilyapti. Negaki g'alaba har ikki jamoaga zarur. Ayniqsa "Neftchi" juda qiyin ahvolda qolgan. Balki bugungi o'yin Ilhom Mo'minjonov uchun oxirgi imkoniyat bo'lishi ham mumkin.

10 may, seshanba

19:00. NEFTCHI – OLIMPIK

Hakamlar: Ahrol Risqullaev, Sanjar SHoyusupov, Alisher Usmonov, Ibrohim Ismoilov

Nazoratchi: Igor Nexochin

VAR hakami: Asker Najafaliev

VAR assistenti: Maksim Nexochin

Komissar: SHerzod Rajabov

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика