So’nggi yangiliklar

01:24Миллатлар лигаси. Польшадаги стадионда чироқ ўчиб қолди  0 00:44Мудрик 5 ой деганда гол урди  0 00:14Тухель Англияда иш бошлаши мумкин  1 23:54Ўртоқлик ўйини. "Бунёдкор" - ОКМК 5:5  1 23:34“Андижон” ўртоқлик учрашувида ғалаба қозонди   1 23:12Миллатлар лигаси. Германия, Нидерландия, Туркия ва бошқа термаларнинг бугунги ўйин учун таркиби маълум!  0 22:54Қизиқ хабар! Ўткир Юсупов туфайли "Фулад" ходими ишдан кетди  14 22:35"Ливерпуль"нинг собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 22:18Бернд Шустер: "Мбаппе нима қилиш кераклигини яхши билади"  1 21:51"Милан" президенти "Сан-Сиро"ни қадимий иншоот деб атади  0 21:37АПЛ клуби ҳакамни танқид қилгани учун жаримага тортилди  0 20:58Испанияда қайси жамоанинг ўйинлари энг кўп томоша қилинмоқда?  1 20:39Араухо: "Кучли бўлиб қайтишга ҳаракат қиламан"  1 19:57"Манчестер Юнайтед" футболчисининг юраги операция қилинди  3 19:30Клопп янги ишида нима қилишини тушунтириб берди  3

Bugun futbol. "Neftchi" - "Lokomotiv" Yangiliklar

Bugun futbol. "Neftchi" - "Lokomotiv"

Bugun oliy liganing 27-tur bahslariga start beriladi. "Neftchi" o'z maydonida "Lokomotiv"ni qabul qiladi.

"Lokomotiv" bu yil ham chempionlikka harakat qilmoqda va katta ehtimol bilan chempion bo'ladi ham. CHunki oliy liga tugashiga to'rt tur qolgan bir paytda kimningdir "Loko"dan o'zib ketishiga ishonish qiyin. 

Turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilayotgan "Lokomotiv" eng yaqin taqibchisi "Nasaf"dan etti ochkoga o'zib ketgan. "Neftchi" esa 23 ochko to'plab 15-o'rinda bormoqda. 

Bilasizmi? "Neftchi" ikkinchi davrada hozircha ikki bor g'alabaga erishdi. Bunda "Obod"ga qarshi texnik g'alabani hisobga olmay turamiz. Jamoaning ikkita g'alabasi safarda "Olmaliq" va uyda "Qizilqum" bilan kechgan bahslarda qo'lga kiritildi. 

Bugun o'yin Vadim Abramov uchun ham muhim ahamiyaga ega bo'ladi. CHunki Vadim Karlenovich bugun farg'onaliklar bosh murabbiyi sifatida o'zining sobiq klubi "Lokomotiv"ga qarshi o'yin o'tkazadi. Bu ham muxlislar uchun qiziq bo'lishi mumkin. 

Fakt: "Lokomotiv" ketma-ket oxirgi to'rt uchrashuvda g'alaba qozondi. "Temiryo'lchilar" uyda "Paxtakor"ga mag'lub bo'lishganidan so'ng "Obod", "Navbahor", "Qizilqum" va "Qo'qon-1912" klublaridan ustun kelishdi. Qizig'i shundaki, "Loko" oxirgi uch o'yinda o'z darvozasidan birortayam to'p o'tkazib yubormadi. 

O'yinni kim boshqaradi? Bugungi uchrashuvni Vladislav Ceytlin boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Ceytlin bu yil hisobidan shu paytgacha "Neftchi"ning beshta o'yinini boshqargan. 

Qizig'i, barcha o'yinlarni "Neftchi" safarda o'tkazib, ikki bor durang qayd etgan va uch marta mag'lub bo'lgan. Ceytlin bu mavsum birinchi bor Farg'onada hakamlik qiladi. Qolaversa, bu hakam hozirgacha "Lokomotiv"ning uchta o'yinida ishlagan va "temiryo'lchilar" birortasida ham g'alaba erisha olmagan. Jamoa bir bor durang o'ynab, ikki marta mag'lubiyatga uchragan. 


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика