Bugun futbol. "Navbahor" - "Neftchi"
17 may 2022 15:23
Yangiliklar
Bugun futbol. "Navbahor" - "Neftchi"
Muxlislar bugun Namanganda vodiy derbisi guvohi bo'lishadi. O'z oldiga chempionlik maqsadini qo'ygan "Navbahor" g'alabali odimini davom ettirish uchun "Neftchi"ga qarshi bahs olib boradi.
Musobaqa jadvalida "Navbahor" 8 o'yinda 16 ochko to'plab birinchi o'rinda bormoqda. To'plar nisbati 10-6. "Neftchi" esa 5 ochko to'plagan holda oxirgi o'rinni egallab turibdi. Farg'onaliklarda to'plar nisbati 4-11. Demak, bugun Namangandagi Markaziy stadionda peshqadam va autsayder o'rtasidangi "jang" guvohi bo'lamiz.
Bilasizmi? "Neftchi" qatorasiga 7ta o'yindan beri g'alaba nimaligini bilmay kelmoqda. Jamoa o'zining yagona g'alabasini ilk turda "Qo'qon-1912" ustidan qo'lga kiritgan. SHundan so'ng Ilhom Mo'minjonov shogirdlari ikki bor durang o'ynab, beshta uchrashuvda mag'lubiyatga uchrashdi.
"Navbahor" o'z maydonida "So'g'diyona"ga imkoniyatni boy berib qo'yganidan so'ng ketma-ket uch o'yinda g'alaba qozondi. Namanganliklar oxirgi uch turda "Qizilqum", "Bunyodkor" va "Dinamo"ni mag'lub etishdi.
Bugungi bahsda "Navbahor"ning imkoniyatlari yuqori ko'rinmoqda. Birinchidan, jamoa o'z maydonida o'ynaydi, ikkinchidan "Navbahor" - turnir jadvali peshqadami va tarkibi ham kuchli.
Lekin o'z navbatida "Neftchi" ham qarab turmasa kerak. CHunki farg'onaliklarga g'alaba suv va havodek zarur.
17 may, seshanba. 19:00
NAVBAHOR – NEFTCHI
Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Sardor Nishonboev, Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Husan Muzaffarov
Nazoratchi: Timur Abdullaev
Komissar: Qudrat Madraimov
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar