So’nggi yangiliklar

22:57Шоҳруз Норхонов: "Жамоамга ғалаба келтирганимдан хурсандман"  0 22:44Февзи Давлетов: "Жанговар дуранг бўлди"  0 22:18Ҳаким Фузайлов: "Футболчиларимизга озгина дадиллик етишмади"  1 22:15Суперлига. "Бунёдкор" – "Шўртан" (матнли трансляция)  3 22:05Суперлига. "Қизилқум" "Бухоро"ни мағлуб этди, Норхонов собиқ жамоасига гол урди  11 21:53"Челси" сўнгги марта 1 ярим йил олдин гол урган ҳужумчисини сотиб юборди  0 21:34Душан Тадич БАА жамоасига ўтди  0 21:03Суперлига. Олмалиқда кечган "Хоразм" – "Сурхон" учрашувида жанговар дуранг  15 20:52"Арсенал" ёш футболчиси билан шартномани узайтирди  1 20:51Суперлига. "Бунёдкор" – "Шўртан" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 20:15Хойлунд "Манчестер Юнайтед"дан кетишга шошилмаяпти  1 19:43Эксперт фикри. Расул Раҳмонов: "Андижон"да ўзига бўлган ишонч уйғонмоқда"  1 19:22"Бунёдкор" стадиони CAFA мусобақаси мезбони бўлиб қоладими?   15 18:37"Андижон" Қаршида "Насаф" билан дуранг қайд этган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 18:24"Нефтчи" Қўқонда қийин ғалабага эришган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0

Bugun futbol. "Navbahor" - "Dinamo" Yangiliklar

Bugun futbol. "Navbahor" - "Dinamo"

Bugun oliy liganing 19-turidan o'rin olgan beshta uchrashuv bo'lib o'tadi.

"Navbahor" o'z maydonida Samarqandning "Dinamo" klubini qabul qiladi. "Navbahor" ikkinchi davrani juda yaxshi boshladi. Jamoa safarda "Obod"ni va o'z maydonida "Qizilqum"ni mag'lub etib, keyin Farg'onada "Neftchi" bilan durang o'ynadi. 

Namanganliklar birinchi davraning dastlabki uch turida to'rt ochko jamg'arishgandi, bu safar esa etti ochko to'plashdi. Kim biladi deysiz, balki "Navbahor"ning ikkinchi davradagi ishtiroki birinchi davraga nisbatan ancha sermahsul chiqar. 

"Dinamo"ning esa aksincha ikkinchi davrada ishlari yurishmayapti. Jamoa hozircha uch o'yinda atigi bir ochko to'pladi. Ketma-ket ikkita mag'lubiyatdan so'ng nihoyat "Paxtakor" bilan durang qayd etildi. "Dinamo" birinchi davrani qatorasiga uch g'alaba bilan boshlagandi. Ammo hozirgi jamoadan uchta g'alabani kutish qiyin. 

Bundan tashqari, "Dinamo" safarda doim ham bir tekis o'yin namoyish eta olmayapti. Samarqandliklar Farg'onada "Neftchi"ni mag'lub etib qaytishganidan beri keyingi ikkita o'yinni boy berishdi. Jamoa Toshkent va G'uzorda mag'lub bo'ldi. Fikrimizcha, "Dinamo" bugun ham g'alaba uchun o'ynaydi. O'z navbatida "Navbahor"ni uydagi bellashuvda faqat uch ochko qoniqtiradi. Eslatib o'tamiz, Samarqandda kechgan birinchi davra bahsida "Dinamo" 0:1 hisobida yutqazib qo'ygan. 


Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика