So’nggi yangiliklar

01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  0 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  6 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  6 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  2 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:46АПЛ. "Сандерленд" - "Манчестер Сити", "Брентфорд" - "Тоттенхэм" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  5 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  11 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  3 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  9 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0 20:27Расман: Сардор Мирзаев - "Локомотив" футболчиси!  5

Bugun futbol. "Nasaf" - "Qizilqum" Yangiliklar

Bugun futbol. "Nasaf" - "Qizilqum"

Bugun bo'lib o'tadigan uchta o'yin bilan Superliga 9-tur uchrashuvlari davom ettiriladi.

Bugun Qarshida futbol ishqibozlari "Nasaf" - "Qizilqum" qarama-qarshiligi guvohi bo'lishadi. O'z tarkibini sezilarli darajada kuchaytirib olgan "Qizilqum" kamida kuchli uchlikdan joy olishni maqsad qilgan. O'z navbatida "Nasaf" ham doim medallar uchun kurashishini yaxshi bilasiz. 

"Nasaf" boshqalarga nisbatan kam o'yin o'tkazgan, shu bois 12 ochko bilan 6-pog'onada turibdi. Jamoa hisobida 3 g'alaba va uch durang bor. To'plar nisbati 5-2. 8ta uchrashuvda maydonga tushgan "Qizilqum" esa 14 ochko to'plagan holda 3-o'rinni band etib turibdi. To'plar nisbati 12-8. 

"Nasaf" Superligada mag'lubiyatga uchramagan ikki jamoadan biri. Yana biri - "Paxtakor". Ro'ziqul Berdiev shogirdlari Superligada oxirgi uchta bahsdan ikkitasida g'alaba qozonib, bir bor durang o'ynashdi. "Nasaf" safarda "Qo'qon-1912" va "So'g'diyona"dan ustun kelib, o'z uyida "Paxtakor" bilan durang o'ynadi. 

Qizig'i shundaki, hozircha Qarshida ikkita uchrashuv o'tkazgan "Nasaf" hali g'alaba qozonmagan. 

Mavsumni ikkita g'alaba bilan boshlagan "Qizilqum" 3-turda "Dinamo" bilan durang o'ynab, so'ngra yana ikki bellashuvda zafar quchdi. Navoiyliklar shundan so'ng qatorasiga uch o'yinda g'alaba qozona olishmadi. Xususan jamoa "Navbahor" va AGMKga imkoniyatni boy berib, Bekobodda "Metallurg" bilan 1:1 o'ynadi. 

Bugun Qarshida har ikki jamoaning chiroyli o'yin ko'rsatishi kutilmoqda. Imkoniyatlar borasida 50/50 deya olamiz. 

17 may, seshanba. 19:00

NASAF – QIZILQUM

Hakamlar: Rahimbek Karimov, Bektursin Kannazarov, SHohnur Yuldashev, Jahongir Noraliev

Nazoratchi: Rashid Aytekov

VAR hakami: Asker Najafaliev

VAR assistenti: Alisher Usmonov

Komissar: Vladimir Nazarov

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика