So’nggi yangiliklar

13:45Неъматилло Қутибаев: "Тўғрисини айтаман, "ФарДУ" бизга нисбатан яхшироқ ўйнади"  0 13:37Шавкат Юсупов: "Вазиятлар устида кўпроқ ишлашимиз керак"  0 12:55Аналитика - футбол кўзгуси...  0 12:40Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди  0 12:10Абдурауф Бўриев кубок финалида қайси клуб билан тўқнаш келишни исташини айтди  1 11:54Бруну Саудия ва Америка клублари таклифларини кўриб чиқади  2 10:48Рубен Аморим: "Менимча, биз ҳали тайёр эмасмиз"  3 10:22АS. "Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда  4 09:53ПСЖ "Манчестер Сити"нинг илк таклифини қабул қилмади  2 09:25"Нефтчи" икки нафар бразилиялик билан шартнома имзолади  3 08:54EЧЛ гуруҳ босқичини ҳал қилган "Қайрат" қанча ишлаб олди?  7 08:26EЧЛнинг 32 та жамоаси маълум  7 07:53"Қайрат" бош мураббийи тарихий натижадан сўнг нималар деди?  1 07:40Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" — "Машъал" 3:1  1 07:32Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита ярим финалчи аниқланади  8

Bugun futbol. "Lokomotiv" - "Metallurg" Yangiliklar

Bugun futbol. "Lokomotiv" - "Metallurg"

Bugun Coca Cola Superligasining 19-turidan o'rin olgan bahsda "Lokomotiv" o'z maydonida "Metallurg"ni qabul qiladi.

Turnir jadvalida "Lokomotiv" 35 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallab turibdi. "Metallurg" hisobida esa 23 ochko bor va bu jamoa 8-o'rinda boryapti. 

Ikkinchi davrada beshta o'yin o'tkazgan "Lokomotiv" ikkitasini g'alaba bilan yakunlab, ikki bor durang o'ynadi va bir marta yutqazib qo'ydi. "Metallurg" esa uchta bellashuvda zafar quchib, ikki o'yinda imkoniyatni boy berdi. 

Navbatdagi bahs "Loko" uchun o'z maydonidagi 11-uchrashuv bo'ladi. "Temiryo'lchilar" uydagi 10ta o'yindan 8tasini g'alaba bilan yakunlab, ikki bor durang qayd etishgan. To'plar nisbati 22-5. "Lokomotiv" o'z maydonida yutqazmagan ikkita jamoadan biri bo'lib turibdi. Yana biri "Paxtakor". 

"Metallurg" uchun "Loko"ga qarshi bahs safardagi 10-uchrashuv bo'ladi. Bekobodliklar safarda shu paytgacha faqat bitta o'yinda g'alaba qozonishgan: 15-turda "Nasaf" 2:1 hisobida mag'lub etilgan. "Metallurg" shuningdek 4 martadan durang va mag'lubiyat qayd etgan. 

Bilasizmi? "Lokomotiv" o'z maydonida ketma-ket 4 uchrashuvdan beri faqat g'alaba qozonib kelyapti: "Surxon" (5:1), "So'g'diyona" (2:0), "Dinamo" (2:0) va "Nasaf" (1:0). Mana shu to'rtta uchrashuvda "Loko" raqiblar darvozasiga 10ta to'p kiritib, o'z darvozasidan bitta gol o'tkazib yuborgan. 

Fakt: "Metallurg" birinchi davrada safarda g'alaba qozona olmadi. Bu jamoa ikkinchi davrada "Nasaf"ni mag'lub etganini hisobga olsak, "Loko"ga qarshi ham keskin qarshilik ko'rsatishi kutilyapti. 

Eslatma: Bekobodda kechgan birinchi davra uchrashuvida 0:0 hisobi qayd etilgan. Toshkentda bo'lib o'tgan oxirgi 5 o'yinda quyidagi natijalar qayd etilgan. 

2018 yil. "Lokomotiv" - "Metallurg" 1:0 

2017 yil. "Lokomotiv" - "Metallurg" 3:1  

2016 yil. "Lokomotiv" - "Metallurg" 4:1 

2015 yil. "Lokomotiv" - "Metallurg" 1:1 

2014 yil. "Lokomotiv" - "Metallurg" 5:1 

Ko'rib turganingizdek, beshta o'yinning to'rttasida "Lokomotiv"ning qo'li baland kelgan. Faqat bir uchrashuv durang natija bilan yakun topgan. "Metallurg" "temiryo'lchilar" darvozasiga bittadan ko'p to'p kirita olmagan.

 

Coca Cola Superligasi. 19-tur

«Lokomotiv» - «Metallurg»

15 sentyabr. «Lokomotiv» stadioni. 18:30


Bosh hakam: Ahrol Risqullaev

Qanot hakamlari: Abduhamidillo Rasulov, Jahongir Saidov. 

Zaxira hakami: Abdurashid Xudoyberganov

Nazoratchi: Rashid Aytekov

Komissar: Abbos Ahrorov

Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика