So’nggi yangiliklar

20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  1 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  0 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  0 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  8 18:39Аббос Файзуллаев - ЦСКАнинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси  5 18:22ЎФА ходими: Файзуллаев эртанги ўйинга тайёр   9 17:43Роналду "Барселона" футболчиси билан ҳазиллашди  6 17:25"Барселона" раҳбарияти Хавидан iPhone ва iPad'ларни қайтаришни сўрамоқда  13 17:01Испаниянинг мағлубиятсиз серияси нечта ўйинга етди?   2 16:45Аббосбек Файзуллаев эртага майдонга туша оладими?!  20 16:41Тошкентга келган БАА ҳужумчиси охирги уч ўйинда дарвозага умуман аниқ зарба бермади  13 16:36"Арсенал"ни стандартлар бўйича Европанинг энг кучли жамоасига айлантирган мураббий  1 16:20"Барселона" "Арсенал"дан текинга футболчи олмоқчи  0 16:01Симеоне январда кетмоқчи эмас  0

Bugun futbol. Ikkinchi davrada hali gol urmagan "Dinamo" "Bunyodkor"ni qabul qiladi Yangiliklar

Bugun futbol. Ikkinchi davrada hali gol urmagan "Dinamo" "Bunyodkor"ni qabul qiladi

Bugun oliy liganing 22-turidan o'rin olgan uchta uchrashuv bo'lib o'tadi.

Samarqandning "Dinamo" klubi o'z maydonida "Bunyodkor"ni qabul qiladi. O'yin ahamiyati ikkala jamoa uchun ham yuqori. Ayniqsa, "Dinamo" uchun. CHunki bu jamoa ikkinchi davra boshlanganidan beri oltita o'yinda maydonga tushgan bo'lsa, hali biror martayam gol ura olmadi. 

Umumiy hisobda "Dinamo" futbolchilari sakkizta o'yindan beri to'p kirita olishmayapti. Mana shu sakkizta uchrashuvdagi to'plar nisbati 0-7. Albatta, oliy liga klubi uchun bu achinarli ko'rsatkich. "Dinamo"da o'zi gol uradigan futbolchi bormi degan savol yuzaga keladi. 

Bugun esa maydon egalarini yana bir jiddiy raqib kutmoqda. Mirjalol Qosimov qaytganidan beri "Bunyodkor" ancha o'zgardi. Jamoa ikkinchi davrada mag'lubiyatsiz davom etmoqda: to'rtta g'alaba va ikki durang. Katta ehtimol bilan "Bunyodkor" bugun ham yutqazmasa kerak. 

Bilasizmi? "Dinamo" oxirgi ikki o'yinni durang bilan yakunladi. "Buxoro" va "Qo'qon-1912"ga qarshi bahslar 0:0 hisobida tugadi. "Bunyodkor" esa ketma-ket uchta g'alabadan so'ng safarda "Qizilqum" bilan 3:3 o'ynadi.  

Fakt: "Bunyodkor" ikkinchi davrada hozircha oltita o'yinda maydonga tushib, shundan beshtasida gol o'tkazmadi. "Dinamo"da esa buning aksi: oltita o'yinda birortayam gol yo'q. 


Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика