So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  2 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  7 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  4 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  2 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

Bugun futbol. "Buxoro" - "Qo'qon-1912" Yangiliklar

Bugun futbol. "Buxoro" - "Qo'qon-1912"

Bugun oliy liganing 27-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Qo'qon-1912" bahsi bo'lib o'tadi.

17:00 - “Buxoro” (Buxoro) – “Qo'qon-1912” (Qo'qon)

Hakamlar: V. Serazetdinov (Toshkent), A. Capenko (Toshkent vil.), R. SHoyaxmetov (Toshkent), I. Xudaydatov (Toshkent)

Nazoratchi: A. Xotamov (Toshkent)

O'zPFL vakili: R. CHernikov

Hozirda jamoalarni bir-biridan ikki ochko ajratib turibdi. Negaki "Buxoro" 42, "Qo'qon-1912" esa 40 ochko to'plagan. Bugun Buxoro shahrida qiziqarli bahs bo'lib o'tishi kutilmoqda. 

Ikkinchi davrada ikkala jamoa ham o'zgardi. Xususan "Buxoro" ikkinchi davra start olgach, ketma-ket to'qqizta o'yinda mag'lub bo'lmadi. Jamoa 10-o'yiniga kelib mag'lubiyatga uchradi va bu hol "Paxtakor" bilan o'yinda ro'y berdi. 

Bilasizmi? "Buxoro" oxirgi ikkita bahsda yutqazib qo'ydi. Jamoa o'z maydonida "Paxtakor"ga va safarda "Navbahor"ga imkoniyatni boy berdi. Har ikkala bellashuvda ham buxoroliklar gol ura olishmadi. 

Fakt: "Buxoro" o'z maydonida kechgan bahslarning faqat uchtasida mag'lub bo'lgan. Eng qizig'i, uchala klub ham Toshkent jamoalari. Jamoa "Obod", "Lokomotiv" va "Paxtakor" qarshiligini enga olmagan. 

"Qo'qon-1912" ikkinchi davrada hozircha to'rtta g'alabaga erishdi va barcha g'alabalar uydagi o'yinlarda qo'lga kiritildi. Lekin safar bahslarida bu jamoaning ishlari besh deb bo'lmaydi. 

Bilasizmi? "Qo'qon-1912" ikkinchi davrada safarda oltita o'yinda maydonga tushib, faqat bittasida gol urgan. Jamoa "Dinamo" bilan 0:0 o'ynagan bo'lsa, qolgan uchrashuvlarda mag'lub bo'lgan. 

O'yinni kim boshqaradi? Mazkur bahs bosh hakami Viktor Serazetdinov joriy mavsum hisobidan Buxoroga birinchi bor tashrif buyuradi. Serazetdinov bungacha buxoroliklarning ikkita safar uchrashuvida hakamlik qilgan. 

Qolaversa, toshkentlik hakam "Qo'qon-1912" ishtirokidagi bahsni ikkinchi bor boshqaradi. Birinchisida "Qo'qon-1912" safarda yirik hisobda mag'lub bo'lgan.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика