So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Bugun futbol. "Bunyodkor" - "Qo'qon-1912" Yangiliklar

Bugun futbol. "Bunyodkor" - "Qo'qon-1912"

Bugun Superliganing 20-turidan o'rin olgan uchta o'yin bo'lib o'tadi. "Bunyodkor" o'z maydonida "Qo'qon-1912"ni qabul qiladi.

Turnir jadvalida "Bunyodkor" 3-o'rinda bormoqda va bu jamoaning kuchli oltilikka kirishi hal bo'lgan. "Qo'qon-1912" esa 24 ochko bilan 8-o'rinda boryapti. Qo'qonliklarni oltinchi o'rindagi "Metallurg"dan atigi uch ochko ajratib turibdi, shunday ekan kurash oxirigacha kechadi.

Bugun "Bunyodkor" o'z maydonida 10-bahsini o'tkazadi. Bungacha o'tkazilgan to'qqizta bahsdan 7tasida jamoa zafar quchgan. Bir bor durang o'ynab, bir marta mag'lub bo'lgan. "Bunyodkor" o'z maydonida faqat "Lokomotiv"ga imkoniyatni boy bergan. AGMK bilan esa durang qayd etgan. Uydagi o'yinlarda to'plar nisbati 17-8.

Bilasizmi? "Bunyodkor" o'z maydonidagi oxirgi to'rtta uchrashuvda faqat g'alaba qozondi. "Qaldirg'ochlar" uyda "Navbahor" (2:1), "Qizilqum" (2:0), "Neftchi" (2:1) va "Nasaf" (2:1)dan ustun kelishdi.

"Qo'qon-1912" haqida gapiradigan bo'lsak, bu jamoa safarda shu paytgacha 9ta uchrashuv o'tkazib, faqat bittasida g'alabaga erishgan. No'mon Hasanov shogirdlari 2-turda "Qizilqum"ni mag'lub etib qaytishgan. SHundan keyin bu jamoa to'rt marta durang o'ynadi va shuncha bellashuvda mag'lub bo'ldi. "Qo'qon-1912"ning safardagi to'plar nisbati 5-9.

Fakt: "Qo'qon-1912" safarda qatorasiga oltita o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti. SHuningdek, oxirgi ikkita o'yini mag'lubiyat bilan tugagan. "Qo'qon-1912" so'nggi bor safarda "Paxtakor"dan ochko olgan. Jamoa 1:1 hisobini qayd etgan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика