So’nggi yangiliklar

07:30Хато тан олинди: "Арсенал" дарвозасига пенальти белгиланиши керак бўлган  1 02:58АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади  10 01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  1 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  10 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  6 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  4 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  6 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  14 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  4 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  9 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0

Bugun futbol. "Bunyodkor" - "Metallurg" Yangiliklar

Bugun futbol. "Bunyodkor" - "Metallurg"

Bugun bo'lib o'tadigan ikkita o'yin bilan Superliganing 8-tur uchrashuvlariga start beriladi.

Toshkentda "Bunyodkor" poytaxt viloyatining "Metallurg" klubini qabul qiladi. Musobaqa jadvalida "Bunyodkor" 10 ochko bilan 6-o'rinda boryapti, "Metallurg" esa 6 ochko to'plagan holda 12-pog'onani egallab turibdi. "Bunyodkor"da to'plar nisbati 10-13, "Metallurg"da esa 3-5. 

Qatorasiga uchta g'alabani nishonlagan "Bunyodkor" oxirgi ikki o'yinda yutqazib qo'ydi. "Qaldirg'ochlar" avvaliga o'z maydonida "Olimpik"ka 1:5, so'ngra Namanganda "Navbahor"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. 

"Metallurg" dastlabki turda AGMKni mag'lub etganidan beri boshqa g'alaba qozonmadi. Bekobodliklar shundan so'ng 3 durang va ikki mag'lubiyat qayd etishdi. Albatta, "Metallurg"ga ham oson tutib bo'lmaydi, chunki jamoa bu ketishda Proligaga ravona bo'lishi mumkin. SHu bois ispaniyalik murabbiy Luisma Ernandes hozirdan otni qamchilashi shart. 

10 may, seshanba

19:00. BUNYODKOR – METALLURG

Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov, Doston Rahmonov

Nazoratchi: Marat Ismoilov

VAR hakami: Akobirxo'ja SHukurullaev

VAR assistenti: Jahongir Saidov

VAR nazoratchisi: Vladislav Ceytlin

Komissar: Laziz Qo'chqorov

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика