So’nggi yangiliklar

00:29Тарих яратилди! "Қайрат" пенальтилар сериясида "Селтик"ни мағлубиятга учратиб ЕЧЛ лига босқичига йўл олди!  0 00:14Отабек Нарзуллаев: "Мақсадимиз кубок финали эди. Энди бор эътиборимиз Суперлигага қаратилади"  0 23:55"Ювентус" Влаховични Салемакерсга алмаштирмоқчи. "Милан" ушбу келишувга рози бўлиши мумкин  0 23:35МЮ Майнунинг келажаги бўйича қарорни яқин икки кун ичида қабул қилади  1 22:35Ўзбекистон Кубоги. 100 дақиқа давом этган учрашувда "Пахтакор" "Машъал"ни енгиб, ярим финалга йўл олди  45 22:07Лондон клуби Испания терма жамоаси ўйинчисини 50 млн евро эвазига харид қилишга яқин  1 21:23"Реал"нинг собиқ ҳимоячиси Лукас Васкес янги клуби билан шартнома имзолади  0 20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  1 20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   0 19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  9 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  4 19:29Про лига. "Арал" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди   7 19:22Тимур Кападзе: "Ўмон билан ўйинда легионерлар бизга ёрдам беролмайди"  15 19:01Хаби Алонсо Рюдигернинг жисмоний ҳолати ҳақида тўхталди  0 18:34Онана Ла Лигага йўл оладими?  4

Bugun futbol. "Bunyodkor" - "Buxoro" Yangiliklar

Bugun futbol. "Bunyodkor" - "Buxoro"

Bugun Coca Cola Superligasining 21-turiga start beriladi.

Superliga turnir jadvalida 3-o'rinni egallab turgan "Bunyodkor" o'z maydonida 13-pog'onada borayotgan "Buxoro"ni qabul qiladi. Uchrashuv 18:15da start oladi. 

"Bunyodkor"ning bu yilgi maqsadi sovrinli o'rinlardan birini egallash, yani 3-o'rindan pastga tushmaslik. Buning uchun imkon qadar ochko yo'qomaslik zarur bo'ladi. "Buxoro"ning maqsadi ham malum, xavfli zonani tark etib mavsumni yuqori o'rinlarda yakunlab qo'yish. 

Ikkinchi davra boshlanganidan beri "Bunyodkor" to'rtta bellashuvda zafar quchdi va barcha g'alabalar uydagi o'yinlarda qo'lga kiritildi. "Bunyodkor" o'z maydonida "Dinamo", "Surxon", "Metallurg" va "Qizilqum" jamoalaridan ustun keldi. 

Lekin "Bunyodkor" oxirgi uch o'yinda faqat bir marta zafar quchdi. "Qizilqum" Toshkentda 2:1 hisobida mag'lub etilganini aytmasak, "qaldirg'ochlar" "Loko" bilan durang o'ynab, safarda "Qo'qon-1912"ga 0:3 hisobida mag'lub bo'lishdi. 

"Bunyodkor" bosh murabbiyi Vadim Abramov bir paytning o'zida O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi ham hisoblanadi. Bir vaqtning o'zida ham terma jamoa, ham klubni boshqarish qanchalik tasir ko'rsatishini vaqt o'tib bilib olamiz. 

"Buxoro" ikkinchi davra start olgach safarda to'rtta o'yinda maydonga tushib, shundan ikkitasida g'alaba qozondi. Oxirgi ikkita g'alaba safarda qo'lga kiritilganini hisobga olsak, buxoroliklarning kayfiyati ancha yaxshi. 

"Buxoro" navbati bilan Samarqandda "Dinamo"ni, undan keyin Qarshida "Nasaf"ni mag'lub etib qaytdi. Agar bugun "Bunyodkor" ham mag'lub etilgudek bo'lsa bu chinakam sensaciya bo'ladi. Lekin "Bunyodkor"dan uydagi bahsda ochko yo'qotishni kutish qiyin. 

Toshkentda o'tgan oxirgi 5 o'yin 

2018. Ikkinchi bosqich. "Bunyodkor" - "Buxoro" 3:0 

2018. Birinchi bosqich. "Bunyodkor" - "Buxoro" 3:1

2017. "Bunyodkor" - "Buxoro" 3:0 

2016. "Bunyodkor" - "Buxoro" 3:0 

2015. "Bunyodkor" - "Buxoro" 2:0 

Oxirgi besh o'yinda faqat "Bunyodkor" zafar quchgan. To'plar nisbati 14-1. SHuningdek, uch marta 3:0 hisobi qayd etilgan. Buxoroda kechgan birinchi davra uchrashuvi 2:2 hisobida yakun topgandi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика