So’nggi yangiliklar

21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  6 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  0 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  4 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  1 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  8 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  6 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  11 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  23 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  1 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  9 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  22

Bugun futbol. AGMK - "Qo'qon-1912" Yangiliklar

Bugun futbol. AGMK - "Qo'qon-1912"

Bugun Superliganing 3-turidan o'rin olgan uchta uchrashuv bo'lib o'tadi.

Yil boshida o'z oldiga katta maqsadlarni qo'ygan AGMK o'z maydonida "Qo'qon-1912"ni qabul qiladi. Olmaliq shahrida kechadigan bahs soat 17:15da boshlanadi. 

Har ikki jamoa bungacha ikkita o'yinda maydonga tushib, ikkalasida ham g'alaba qozona olmadi. AGMK bir bor durang o'ynab, bir marta mag'lubiyatga uchragan bo'lsa, "Qo'qon-1912" ikki marta durangga erishdi. Bugun kim zafar quchsa joriy mavsum Superligadagi ilk g'alabasini nishonlaydi. 

Jamoalar O'zbekiston chempionati doirasida o'zaro 10 marta duch kelishgan. SHunda beshtasida AGMK, uchtasida "Qo'qon-1912" g'alabaga erishgan. SHuningdek, yana ikkita bahs durang bilan yakun topgan. Umumiy to'plar nisbati 12-13, qo'qonliklar foydasiga. 

AGMK o'z maydonidagi beshta o'yinning dastlabki ikkitasida g'alabaga erishgan. SHundan keyin qatorasiga uch uchrashuvdan beri "Qo'qon-1912"ni mag'lub eta olmayapti. Bu esa bugungi bellashuv yanada qiziq kechishini anglatadi. Oxigi uchta o'yinning ikkitasida 0:0 hisobi qayd etilgan va so'nggi bellashuvda No'mon Hasanov shogirdlari 3:1 hisobidagi g'alaba bilan qaytib ketishgan. 

Agar bugun AGMK g'alaba qozona olsa, 2016 yildan beri birinchi marta "Qo'qon-1912"ni mag'lub etgan bo'ladi. Mabodo omad mehmonlar tomonida bo'lsa, unda "Qo'qon-1912" ketma-ket ikkinchi bor Olmaliqdan g'alaba bilan qaytadi. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика