So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  4 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Bugun futbol. AGMK - "Qizilqum" Yangiliklar

Bugun futbol. AGMK - "Qizilqum"

Bugun Superliganing 20-turidan o'rin olgan bahslarga start beriladi. Olmaliqda AGMK - "Qizilqum" uchrashuv bo'lib o'tadi.

Avvalo shuni aytish kerak, bugungi o'yin AGMK uchun oliy ligadagi 300-uchrashuv bo'ladi. Turnir jadvalida ikkala jamoa yonma-yon o'rinlarda bormoqda va har ikki klub bungacha 20 ochkodan jamg'argan.

AGMK o'tgan tur Qarshidan g'alaba bilan qaytdi, "Qizilqum" esa o'z maydonida "Buxoro"ga yutqazib qo'ydi. AGMK shu paytgacha o'z uyida 9ta uchrashuv o'tkazib, shundan faqat ikkitasida g'alabaga erishgan. Olmaliqliklar uyda "Lokomotiv" va "Buxoro"dan ustun kelishgan. To'rtta o'yinda durang qayd etilgan bo'lsa, uch marta jamoa imkoniyatni boy bergan. To'plar nisbati 7-7.

Ko'rib turganingizdek, AGMK o'z maydonida ko'p gol ura olmayapti. Bu jamoa safarda birmuncha ko'proq to'p kiritgan (11ta). AGMK oxirgi ikki turda g'alabaga erishdi va bugun ham zafar quchadigan bo'lsa, birinchi marta ketma-ket uchta uchrashuvda g'alaba qozongan bo'ladi.

Safarda 9 bor maydonga tushgan "Qizilqum" shundan uchtasida uch ochkoli bo'lgan. Jamoa safar o'yinlarida "So'g'diyona", "Qo'qon-1912" hamda "Neftchi"ni mag'lub etib qaytgan. "Qizilqum"ning safar uchrashuvlaridagi to'plar nisbati 8-11.

Navoiyda kechgan birinchi davra o'yinida maydon egalari 3:0 hisobida zafar quchishgan. Bu hozircha Hamidjon Aktamov shogirdlarining ushbu mavsum hisobidan yagona yirik hisobdagi g'alabasi bo'lib turibdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика