So’nggi yangiliklar

22:58Ўзбекистон U17 термаси Ирландияга қарши ўйин олдидан машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  0 22:23Виталий Левченко: "Бундай майдонда ижодкор футбол намойиш эта олмайсиз"  16 22:10Суперлига. "Бухоро" – "Нефтчи" 1:1   1 21:55Миржалол Қосимов: "Ҳозир майдонга чиқиб ундоқ қиламан-бундоқ қиламан деган билан иш битмайди"  2 21:37Лени Йоро "Реал"га эмас, "Манчестер Юнайтед"га ўтганидан афсусланмайди  3 21:23Туркия. "Генчлербирлиги" - "Истанбул Башакшеҳир" баҳси асосий таркиблари маълум!  16 21:12Шерзод Жўраев: "Насаф" билан бошқача ўйин кўрсатгандик, бугун эса бошқа жамоага айланиб қолдик"  12 20:51Испаниянинг Грузия ва Туркияга қарши баҳслар учун қайдномаси маълум қилинди  0 20:20Бенито Муссолинининг чевараси билан тўп тепаётган Жейми Варди Италияда футболдан завқ олмоқда  2 20:01Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди  175 19:55Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Навбаҳор"дан ишончли ҳисобда устун келди  21 19:35Франция терма жамоаси ЖЧ саралаш учрашувлари учун қайдномасини эълон қилди  2 18:58Рюдигер "Челси"га қайтиши мумкин  2 18:31"Барселона" собиқ устози "Атланта" бош мураббийи этиб тайинланди  0 17:56"Навбаҳор" қарзларидан қутулди  11

Bugun futbol. AGMK - "Bunyodkor" Yangiliklar

Bugun futbol. AGMK - "Bunyodkor"

Bugun bo'lib o'tadigan ikkita o'yin bilan Superliganing 9-tur uchrashuvlariga start beriladi.

Olmaliq shahridagi Markaziy stadionda AGMK va "Bunyodkor" jamoalari o'rtasida futbol uchrashuvi bo'lib o'tadi. O'yin 19:00da start oladi. 

Turnir jadvalida AGMK 13 ochko to'plab 4-o'rinda bormoqda. Jamoa 7ta o'yinning to'rttasida g'alaba qozonib, bir bor durang o'ynagan va ikkita uchrashuvda imkoniyatni boy berdi. AGMKda to'plar nisbati 13-7. 

"Bunyodkor" esa 11 ochko bilan 7-pog'onani egallab turibdi. Toshkentliklar 8ta uchrashuv o'tkazib, uchtadan g'alaba va mag'lubiyat qayd etgan, shuningdek ikkita o'yin durang bilan yakun topgan. "Bunyodkor"da to'plar nisbati 11-14. 

Bilasizmi? Superligada ketma-ket uch o'yinda g'alaba qozongan "Bunyodkor" oxirgi uch uchrashuvda zafar qucha olmadi. Xususan "qaldirg'ochlar" o'z uylarida "Olimpik"ka 1:5 hisobida mag'lub bo'lgach, safarda Namangandan ham mag'lubiyat bilan qaytishdi va o'tgan tur uyda "Metallurg" bilan durang o'ynashdi. 

AGMK esa aksincha oxirgi besh o'yindan beri mag'lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda: to'rt g'alaba va bir durang. Mirjalol Qosimov shogirdlari mavsumni ketma-ket ikkita mag'lubiyat bilan boshlashgandi. Lekin shundan beri AGMK yaxshi o'yin va natija qayd etib kelmoqda. 

Bugungi bahs "Bunyodkor"ning bosh murabbiyi Viktor Karpenko uchun debyut o'yin bo'ladi. Albatta, yangi murabbiy qo'l ostidagi ilk uchrashuvda "Bunyodkor" qanday natija qayd etishi ko'pchilikka qiziq bo'lsa kerak.

Superliga 9-tur. Olmaliq. OKMK stadioni. 19:00

AGMK – BUNYODKOR

Hakamlar: Asker Najafaliev, Zufar Eliboev, Farhod Usmonov, Nayim Qosimov

Nazoratchi: Timur Galeev

VAR hakami: Elyor Tursunov

VAR assistenti: Andrey Sapenko

VAR nazoratchisi: Valentin Kovalenko

Komissar: Jahongir Rahmatullaev

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика