So’nggi yangiliklar

20:42Бундеслигада сўнгги тур ўйинлари бўлиб ўтди.  3 20:38РПЛ. "Рубин" меҳмонда учта тўп ўтказиб, мағлубиятга учради, Ашурматов бу сафар ҳам захирада қолдирилди  0 20:30Англия кубоги. "Кристал Пэлас" ва "Ман Сити" финалда ўзаро тўқнаш келмоқда, Ҳусанов захирада (онлайн ҳисоб)  17 20:30Суперлига. "Шўртан" – "Андижон" (матнли трансляция)  3 20:00Суперлига. Захирадан тушганлар ўзини кўрсатган "Бухоро" – "Динамо" ўйинида жанговар дуранг қайд этилди  19 19:58ОПЛ. "Сумқайит" ўз уйида мағлуб бўлди, "Сабаҳ" меҳмонда дуранг ўйнади  0 18:57Суперлига. "Қўқон-1912" - "Насаф" 0:1 (матнли трансляция)  14 18:17"Ливерпуль" ва "Арсенал"га 65-70 млн фунтлик ўйинчи қизиқ  1 16:46"Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини "Интер"га сотиши мумкин  0 16:20"Реал" "Байер"дан Гримальдо трансферини кўриб чиқмоқда. Чап қанот ҳимоячиси - "Барса" тарбияланувчиси  3 15:53Неймар Бразилияда қолмоқчи  2 15:25Расман: Хейсен "Реал"га ўтмоқда  5 15:12"Интер" "Реал" ва "Барселона"нинг трансфер мақсадини қўлга киритиши мумкин  0 14:25"Барселона" ҳужумчисини АПЛга сотиши мумкин  5 13:31"Ман Сити" Англия Кубоги учун "Кристал Пэлас" билан беллашади (превью)  8

U-20 Osiyo Kubogi. O'zbekiston - CHEMPION! Yangiliklar

U-20 Osiyo Kubogi. O'zbekiston - CHEMPION!

Toshkentda U-20 Osiyo Kubogi o'z nihoyasiga etdi.

U-20 Osiyo Kubogi

Final

O'zbekiston – Iroq 1:0

Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 19:00

Hakamlar: Muhammad Nazmi (Malayziya), Ahmad Said (BAA), Muhammad Zayrul (Malayziya), Yaxyo Almulla (BAA), Faysal Eid (Qatar)

Nazoratchi: Den Xialong (Xitoy)

Komissar: Nosir Alobeidli (BAA)

Gol: 1:0 — 72, Umarali Rahmonaliev

O'zbekiston U-20: 21.Otabek Boymurodov, 3.Abduqodir Husanov, 6.Jahongir O'rozov, 8.Behruzbek Asqarov (4.Abubakr Ashurov, 90), 10.Umarali Rahmonaliev (s), 13.Zafarmurod Abdiraxmatov (2.Izzatullo Po'latov, 82), 14.Abbos Fayzullaev, 15.Diyorbek Ortiqboev, 20.Mahmudjon Mahamadjanov (18.Saidafzalxon Axrorov, 90), 22.SHerzod Esanov (17.Nodirbek Abdurazzoqov, 60), 23.Asadbek Jo'raboev (7.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 60)

Zaxira: 1.Edem Nemanov, 12.Asrorbek Kenjaev, 5.Javohir O'tamurodov, 9.SHahzodjon Nematjonov, 11.SHahriyor Jabborov, 16.SHahzod Rahmatullaev, 19.SHahzod Akramov

Iroq U-20: 22.Hussayn Hassan, 4.Kadim Raad Xotam, 5.Abdul Razzoq Qosim (8. Ismoil Ahmad, 89), 6.Adam Tolib, 9.Mustafo Qobil (11. Ashar Ali, 77), 10.Abdulqodir Ayyub, 16.Ali Jassim, 18.Ali Sodiq (20. CHarbel Avni SHamun, 89), 19.Sajjad Muhammad, 21.Haydar Abdulkarim (7. Muhammad Jamiil, 80)

Zaxira: 1. Abbos Karim, 12. Omran Zaki, 3. Ali Abbos, 13. Abbos Majid, 14. Abbos Fadhil, 15. Abbos Mane, 17. Mislim Mussa, 23. Abbuud Rabah.

Ogohlantirish: Sajjad Muhammad (34), Jahongir O'rozov (83)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI! O'ZBEKISTON — OSIYO CHEMPIONI!

90+4. Bir daqiqa qoldi, yigitlar, bor kuch bilan yuguringlar, ishtonidan tortinglar, lekin o'tkazib yubormanglar.

90. O'zbekistonda o'zgarishlar: Behruzbek Asqarov va Mahmudjon Mahamadjanov o'rniga Abubakr Ashurov va Saidafzalxon Axrorov tushirildi.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

89. Iroqda ikki o'zgarish: Abdul Razzoq Qosim va Abdulqodir Ayyub o'rniga Ismoil Ahmad va Abbos Fadhil maydonga tushirildi.

87. Abdurazzoqovning jarimadan yo'llagan zarbasiga jichchagina aniqlik etishmadi.

83. Jahongir O'rozov ogohlantirildi.

83. Abdurazzoqovning zarbasiga aniqlik etishmadi. Hechqisi yo'q, kayfiyatni tushirmaymiz. G'azablarni oshkora etmaymiz. Axir shuncha tepki esa ham, to'pning chinqiragani eshitilgani yo'q-ku.

82. O'zbekiston tarkibida o'zgarish: Zafarmurod Abdiraxmatov o'rniga Izzatullo Po'latov uchrashuvni yakunlab qo'yadi.

80. Iroq tarkibida o'zgarish: Haydar Abdulkarim o'rniga Muhammad Jamiil o'yinni davom ettiradi.

77. Iroq tarkibida o'zgarish: Mustafo Qobil o'rniga Ashar Ali maydonga tushirildi.

Bugungi uchrashuvni kuzatish uchun 33834 nafar tomoshabin tashrif buyuribdi. Tashqarida ham shunchaga yaqin ishqiboz bo'lsa, ajabmas.

72. GOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLL!!! Rahmonaliev hisobni ochdi! Xursandchiligimdan yonimdagi ekranni urib yuboray dedim. Ammo o'ylab qarasam, ancha qimmat turarkan.


71. Penalti! Fayzullaev raqibini aldadi, iroqlik himoyachi esa uni to'xtatib qoldi. O'zbekiston hisobda oldinga chiqib olishi mumkin.

66. Abdurazzoqovning zarbasidan so'ng Iroq posboni tirjaygancha to'pni egallab oldi.

65. Boymurodovdan fantastik seyv! Jamoadoshlari undan bitta choyxona qarzdor.

60. O'zbekiston tarkibida ikki o'zgarish: SHerzod Esanov va Asadbek Jo'raboev o'rniga Nodirbek Abdurazzoqov va Po'latxo'ja Xoldorxonov maydonga tushirildi.

58. Diqqat markazidan ketmayotgan Jo'raboevni bu safar sumka ko'tarib olgan xodimlar yo'qlab chiqishdi.

56. Jo'raboevning navbatdagi zarbasi qishloq yo'llarining qishdagi holatiga o'xshaydi.

52. O'yin arafasida ishqibozlar bilet talashgani singari futbolchilar to'p talashib qolishdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Yigitlarga omad! Raqibning "enasini ko'rsatib qo'yishini" tilab qolamiz. 

Birinchi bo'lim statistikasi

To'pni egallab turish: 54%-46%

Kurashlarda ustun kelish: 46%-54%

Havodagi kurashlarda ustunlik: 42%-58%

Paslar: 191-171

Paslar aniqligi: 78%-72%

Zarbalar: 6-2

Aniq zarbalar: 1-1

Taym yakunlandi. Biroz nafas rostlab olamiz.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

43. Fayzullaev bir raqibini fint ishlatib aldab o'tdi, ikkinchisiga kelganda, to'xtatib qolindi. Hakam esa qovoqlarimizni uyadigan qaror qabul qildi.

38. Iroqliklar bir lahza hapdori izlashga majbur qildi, ammo darvozabonimiz bunga hojat yo'qligini isbotladi.

34. Sajjad Muhammad nabiralariga Osiyo kubogi finalida sariq kartochka olganman deya maqtanib yuradigan bo'ldi.

31. Fayzullaev barchani "GOOOOOOLLLL" deb baqirishga majbur qildi, ammo yon hakam barcha xursandchiliklarni chippakka chiqarib, bayroqchasini miliconer tayog'iga o'xshatib oldinga cho'zdi.

29. Iroqliklarning zarbasidan so'ng O'zbekiston posboni Boymurodov qizlarni quchgandek to'pni bag'riga bosib oldi.

27. Esanov darvoza ortida o'tirgan tomoshabinlarga to'pni sovg'a qildi.

25. Jo'raboev darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatdan foydalan olmaganidan so'ng stadiondan eson-omon chiqib ketishni o'ylab ko'rsa yaxshi bo'lardi.

24. Iroqliklarda ko'mir... yo'g'-e, burchak zarbasi demoqchi edim. Ruschani yaxshi bilmayman, to'g'ri tushunasiz degan umiddaman.

22. Fayzullaev pressing natijasida to'pni olib qo'ydi, ammo vijdoni qiynaldi shekilli, to'pni raqib darvozaboniga sovg'a qildi.

21. Abdiraxmatov aytishga noqulay qismidan shikastlandi.

19. Jo'raboev yana vaziyatda chaqqonroq harakat qila olmadi. Oyog'iga gips kiydirib bo'lsa ham Xoldorxonovni maydonga tushirish kerakmikan degan o'y kelib qoldi.

15. Asadbek Jo'raboevga hujumni yakunlashda mahorat etishmadi. Mahorat bobida chiptasotar chayqovchilardan o'rnak olsa bo'lardi.

10. Ortiqboev ortiqcha harakat qilib, Abdulkarimni yiqitdi.

5. Jo'raboev raqib darvozasi tomon bosh bilan zarbasi yo'lladi, ammo uning orzulari keyinroq amalga oshadigan bo'ldi.

3. Fayzullaev burchak zarbasi amalga oshirdi. Ammo iroqlik futbolchi to'pni darvoza chegarasidan o'tkazmadi va to'pga qizil pasportini berib, ortga jo'natib yubordi.

1. Uchrashuv boshlandi!

Bugun O'zbekiston ko'k, Iroq oq rangli libosda harakat qiladi.


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev uchrashuvni tomosha qilishga tashrif buyurdi.


Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.


El qatori, men ham futbolchilarimizga bitta tilak aytib qolaman: "O'yin davomida tezligingiz stadionda ayni damdagi internet tezligi kabi bo'lmasin".


O'zbekiston yoshlar terma jamoasining finalga qadar etib kelgani ko'pchilik uchun foydadan holi bo'lmadi. Ayniqsa, "Oka, chipta kerakmi" deydiganlar uchun.


Bugun O'zbekiston yoshlariga faqat va faqat g'alabani tilab qolamiz, chunki narxi qizlarning sochlari singari o'sib boradigan avtomobil olish oson emas. 


Osiyoning 16 terma jamoasi mana shu shalpangquloq uchun kurash olib bormoqda. Amakimning shkafida ko'rgan gul soladigan vazaga o'xshab ketarkan-u, biroz yaltiroq va qorin qo'ygan ekan. 


Stadion bo'ylab vuvuzelalar ijro etilmoqda. Yaxshilikka yaxshi-ya, ertaga ancha vaqtdan buyon ko'rishmagan lor tanishimni yo'qlamasam bo'lgani edim.


Aytgancha, Abbos Fayzullaev asosiy tarkibda.

O'zbekiston U-20 terma jamoasi va final rasmiylari maydonda


Hali o'yin boshlanmasdan turib, stadion ichidagi atmosfera ham ajoyib. DJ Macarella ijrosidagi musiqaga raqs tushib yuborishim ham mumkin-u, ijtimoiy tarmoqlar yulduzi bo'lishni istamayman.


Ushbu jarayon ham qaysidir manoda qiziqarli. "Oka, o'tkazvoring, mana, biletim bor", "Oyog'imni bosvolding-ku", "Voy, jonim", "Oka, bilet kerakmasmi", "Qaydasan, nimaga telefonni ko'tarmaysan", "O, anavi fanatkani qara" degan gaplar quloqlaringiz ostida jaoranglagan bo'lsa, ajabmas.


Maydonga odamlar daryo misoli oqib kelishmoqda. Albatta, to chiptalarida ko'rsatilgan o'rindiqqa joylashib olgunga qadar muxlislar ancha ter to'kishmoqda. Avvaliga metro yoki avtobusdan tushib, havomiz musaffoligiga shukronalar keltirsa, so'ngra ichkari kirgunga qadar ham yaxshigina mashaqqatdan o'tishigato'g'ri keladi.

O'zbekiston U-20 terma jamoasi "Bunyodkor"ga etib keldi

Assalomu alaykum, stadionda o'tirgan yoki stadionga kira olmayotgan, ehtimol, chipta narxini eshitib, o'yinni stadion tashqarisidagi monitor orqali, balki divanga yonboshlab ko'rishni maqbul topgan qadrli futbol ixlosmandlari! Bugun 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo kubogining hal qiluvchi uchrashuvini birgalikda kuzatib boramiz. Unda O'zbekiston terma jamoasi Iroqqa qarshi bahs olib boradi.

Reyting: +94   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика