Bugun "Buxoro" Toshkentda yig'iladi
04 jan 2018 08:40
Yangiliklar
Bugun "Buxoro" Toshkentda yig'iladi
Ulug'bek Baqoev boshqaruvidagi Buxoro jamoasi yangi yil bayramidan so'ng tayyorgarlik bosqichining ikkinchi qismini Toshkentda o'tkazadi.
Rejaga ko'ra jamoa azolari 4 yanvar, payshanba kuni poytaxtda yig'iladi. Ushbu yig'in chog'ida albatta tarkibda o'ziga yarasha yangiliklar yuz berishi ko'zda tutilmoqda. Boisi joriy mavsum jamoa murabbiylari tarkibni yanada kuchaytirish maqsadida hozirda bir qator etakchi futbolchilar bilan muzokara olib bormoqda.
SHuni ham qo'shimcha qilish lozimki, murabbiylar shtabining rejasiga ko'ra, Toshkentda o'quv-mashg'ulotdan tashqari yana bir nechta sinov-nazorat bahslari tashkil etilishi ham o'rin olgan.
Fikrlar