So’nggi yangiliklar

02:03"Манчестер Сити" ўртоқлик ўйинида "Палермо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Ҳусанов майдонда ҳаракат қилди  16 01:25Расман: Нуньес 65 млн евро эвазига "Ливерпул"дан бошқа клубга ўтди  1 01:12"Эшитдик-да". Роналдиньо Тошкентга келади!  2 00:58ПСЖ 40+15 млн евролик трансферни амалга оширди  0 00:03"Барселона" Иньигонинг кетишини эълон қилди. Ҳимоячи "Ал Насср"га ўтмоқда  0 23:25Одил Абдумажидов: "Хато қилишга ҳаққимиз йўқ, "Қўқон-1912" билан 6 очколик ўйин бўлади"  0 22:49Ўртоқлик ўйинлари. МЮ пенальтилар сериясида "Фиорентина"дан устун келди, "Милан" "Лидс" билан дуранг ўйнади, "Арсенал" "Атлетик"ни таслим этди, "Рома" ва "Атлетико" эса инглиз клубларини мағлуб этди  1 22:33Риза Айвазов Мўғулистон клубига ўтди  6 22:11"Ньюкасл" 40 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  0 21:37"Реал" собиқ футболчиси Эден Азар ПСЖга ўтиши мумкин эди  0 21:10Расман: Достон Турсунов Гонконг клубига ўтди  2 20:30"Ал Насср" Коман учун "Бавария"га 30 миллион евро таклиф қилишга тайёр  3 20:01Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Индонезиядаги халқаро ўртоқлик турнирида иштирок этиш учун Меданга йўл олди. Таркиб маълум  3 19:06"Пахтакор" клуби спорт директори "Бунёдкор" стадиони майсаси ҳақида нима дейди?  18 19:00"Пахтакор-79" хотирасига ўтказиладиган учрашувга Россия терма жамоасидан Тошкентга кимлар келади?  22

Bugun APLda yana oltita o'yin o'tkaziladi Yangiliklar

Bugun APLda yana oltita o'yin o'tkaziladi

Bugun Angliya Premer-ligasida ikkinchi tur bellashuvlariga start berildi.

Oldinroq, "Suonsi" - "Manchester Yunayted" o'yiniga bag'ishlangan prevyuni etiboringizga havola etgan edik. Quyida bugun bo'lib o'tadigan qolgan uchrashuvlarni keltirib o'tamiz.

APL, 2-tur
"Bornmut" – "Uotford"

19.08.2017, 19:00
"Liberti stedium"
Bosh hakam:
Rodjer Ist (Uiltshir)

Qiziq:

- "Bornmut" klubi "Uotford"ga qarshi oxirgi ettita o'yinda mag'lub bo'lmagan (1 g'alaba, 6 durang);
- Bu jamoalarning APLda o'tkazgan o'zaro to'rtta o'yinida ham durang qayd etilgan;
- "Uotford" hujumchisi Troy Dini "Bornmut"ga qarshi oxirgi ettita bahsda 5ta gol urgan va bitta golli pas bergan.



"Bernli" – "Vest Bromvich"
19.08.2017, 19:00
"Terf Mur"
Bosh hakam:
Martin Atkinson (Lids)

Qiziq:

- "Bernli" hujumchisi Sem Vouks APLda oxirgi oltita o'yinda ettita gol urdi;
- Agar bugun "Bernli" g'alaba qozonsa, 1973-1974 yilgi mavsumdan keyin ilk bor elitani ikkita g'alaba bilan boshlagan bo'ladi. Agar Vest Bromvich" yutsa, ular buni 1978-1979 yilgi mavsumdan keyin birinchi bor uddalashgan bo'lishadi.



"Lester" – "Brayton"
19.08.2017, 19:00
"King Pauer"
Bosh hakam:
Li Probert (Uiltshir)

Qiziq:

- Bu jamoalar "Lester" CHempionshipda g'olib chiqqan 2013-2014 yilgi mavsumda ikki bor to'qnash kelishgan. Qizig'i, o'shanda har ikkala qarama-qarshilikda ham "Brayton" ustun chiqqan;
- "Lester" Premer-liga debyutantlariga qarshi oxirgi 12ta uy uchrashuvida mag'lub bo'lmagan (7 g'alaba, 5 durang).



"Liverpul" – "Kristal Pelas"
19.08.2017, 19:00
"Enfild Roud"
Bosh hakam:
Kevin Frend (Lestershir)

Qiziq:

- Bu jamoalarning o'zaro o'tkazgan oxirgi 10ta o'yinida har ikki tomon ham gol urishni uddalagan. Ana shu uchrashuvlarda muxlislar o'rtacha 3.9tadan gol ko'rishgan;
- Bugun "Kristal Pelas" APLda "Enfild Roud"dan ketma-ket to'rtta o'yinda g'alaba bilan qaytgan tarixdagi birinchi jamoaga aylanishi mumkin;
- Kristian Benteke Premer-liga doirasida "Enfild"ga mehmon jamoa o'yinchisi sifatida kelgan oxirgi 3ta o'yinida 5ta gol urgan. Belgiyalik boshqa stadionlarda bunchalik ko'p to'p kiritmagan.



"Sautgempton" – "Vest Xem"
19.08.2017, 19:00
"Sent-Meris"
Bosh hakam:
Li Meyson (Bolton)

Qiziq:

- Bugun Sautgempton" 2011 yilning aprelidan buyon APLda ketma-ket 4ta o'yinni uyda o'tkazgan birinchi klub bo'ladi. So'nggi bor "Blekpul" chempionatda qatorasiga 4 o'yinni uyda o'tkazgan;
- "Vest Xem" sardori Mark Nobl chempionatda "Sautgempton"ga beshta gol urgan, bu jamoadagi istalgan o'yinchidan ko'p.



"Stok Siti" – "Arsenal"
19.08.2017, 21:30
"Britannia"
Bosh hakam:
Andre Marriner (Birmingem)

Qiziq:

- "Stok Siti" APLda "Alsenal"ga qarshi o'tkazgan oxirgi 7ta uy o'yinida bor yo'g'i bir marotaba mag'lub bo'lgan (3 g'alaba, 3 durang, 1 mag'lubiyat);
- "Arsenal" 2009-2010 yildan keyin ilk bor mavsumni ikkita g'alaba bilan boshlashi mumkin;
- Aleksandr Lakazett Premer-ligadagi dastlabki ikkita o'yinida gol urgan birinchi "to'pchi" bo'lishi mumkin.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика