So’nggi yangiliklar

08:41"Барселона" Маркус Рэшфорд борасида бир қарорга келди  0 08:07Суперлига. Бугун 22-тур якунланди  2 08:05МЛС. Мессининг иккита голи ва битта голли узатмаси "Интер Майами" жамоасига "Ди Си Юнайтед" устидан ғалаба келтирди  0 07:35Саудия Пролигаси. "Ал Насср"дан йирик ғалаба. Роналдудан дубл  0 06:55Суперлига. "Нефтчи" – "Динамо" 2:1   0 06:40Эксперт фикри. Абдуқаҳҳор Маъруфалиев: "Бухоро"да янги мураббий таъсири кўринди, Фарғонада тенг ўйин бўлди. Лекин..."   4 02:01А Серия. "Ювентус" "Верона"ни мағлуб этолмади, "Милан" эса йирик ҳисобда ғалаба қозонди   11 00:55Вадим Абрамов: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтира олмади"  2 00:50АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Челси"дан устун келди, манчестерликлар рақиб 10 киши бўлиб қолганда иккита гол уришди  60 00:31"Яхшигина "тўда" йиғилди. Сервер Жепаров - "Афсоналар кубоги" ва УЕФА мураббийлик лицензияси учун ўқиш ҳақида  2 00:06Вадим Абрамов: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтира олмади"  5 23:50ОПЛ. "Сабаҳ" ўз уйида ишончли ғалабага эришди, Раҳмоналиев 90 дақиқа ҳаракат қилди  6 23:27Тимур Кападзе - Англияда. Мутахассис у ерда нима қилмоқда?  23 22:59Александр Хомяков: "Нимани режа қилган бўлсак, ҳаммаси ўхшади"  8 22:50Суперлига. "Навбаҳор" "Бухоро"га йирик ҳисобда ютқазди, "Қўқон-1912" эса "Хоразм" билан дуранг ўйнади  5

Bugun 19:00. O'zbekiston - Iroq Yangiliklar

Bugun 19:00. O'zbekiston - Iroq

Bugun O'zbekiston terma jamoasi Iroq bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Bugungi bahs Dubay shahridagi "Sevens" stadionida o'tkaziladi. Mazkur bahs O'zbekiston vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.

Uchrashuvni himoyachi Hojiakbar Alijonov diskvalifikaciya tufayli o'tkazib yuboradi. Sababi FIFA kunlarida o'tkaziladigan rasmiy o'rtoqlik o'yinlarida olingan qizil kartochkalar keyingi o'yinga tasir qiladi.


Iroq terma jamoasi 11ta o'yindan buyon (penaltilar seriyasi hisobga olinmaganda) hech qaysi raqibga yutqazmay kelmoqda. So'nggi bor iroqliklar 2019 yil 14 avgust sanasida Bahraynga qarshi o'tgan bahsda yutqazib qo'yishgandi.

Bahrayn - 1:1
O'zbekiston - 0:0
Gonkong - 2:0
Kambodja - 4:0
Eron - 2:1
Bahrayn - 0:0
Qatar - 2:1
BAA - 2:0
Yaman - 0:0
Bahrayn - 2:2 (pen: 3:5)
Iordaniya - 0:0

Iroq terma jamoasi JCH-2022 saralashida "C" guruhida ishtirok etmoqda. 5ta o'yinda 3ta g'alaba va 2ta durang qayd etgan jamoa 11 ochko bilan guruhda peshqadamlik qilmoqda. Keyingi o'rinlarda 9 ochko bilan Bahrayn, 6 ochko bilan Eron bormoqda. Gonkongda 5, Kambodjada 1 ochko bor.



Sloveniyalik Srechko Katanec boshchiligidagi Iroq terma jamoasi 12 noyabr kuni Iordaniya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib, 0:0 hisobida durang o'ynadi.

Iordaniya bilan o'yinni quyidagi futbolchilar asosiy tarkibda boshlashgandi:

Jalol Hassan, Hassan Raed, Ali Fayoz, Saad Notiq, Alaa Mhavi, Amjad Attvan, Muhammad Mezher, Bashar Resan, Humam Tariq, Ibrohim Bayesh, Mohanad Ali.
Zaxira: Muhammad Hamid, Fahad Tolib, Mustafo Muhammad, Maitham Jabbor, Ali Adnan, Muhammad Qosim Majid, Mazin Fayyad, Aymen Hussayin.

Iroq terma jamoasi safida Dubaydagi yig'inda qatnashayotgan futbolchilar ro'yxati:

Darvozabonlar:

Jalol Hassan ("Al Zavra")
Muhammad Hamid ("Al SHorta")
Fahad Tolib ("Al Quva Al Javiya")

Himoyachilar:
Ali Adnan ("Vankuver Vaytpaks", Kanada)
Alaa Mhavi ("Al SHorta")
Ali Fayoz ("Al SHorta")
Saad Notiq ("Al SHorta")
Mustafo Muhammad ("Al Zavra")
Maitham Jabbor ("Al Quva Al Javiya")
Hassan Raed ("Al Quva Al Javiya")

Yarim himoyachilar:
Humam Tariq ("Ismoili", Misr)
Amjad Attvan ("Al SHorta")
Bashar Resan ("Persepolis", Eron)
Ibrohim Bayesh ("Al Quva Al Javiya")
Mazin Fayyad ("Al SHorta")
Muhammad Qosim Majid ("Al SHorta")
Muhammad Rizo Jalil ("Al Zavra")
Muhammad Mezher ("Al SHorta")

Hujumchilar:
Aymen Hussayin ("Al Quva Al Javiya")
Mohanad Ali ("Al Sayliya", Qatar)

Reyting: -19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика