So’nggi yangiliklar

14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  2 13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0 13:28"Ал Ҳилол" легионери ўзини камситилган деб ҳисоблади ва шартномани бир томонлама бекор қилди  3 13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0 12:33Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади  0 12:21Шомуродовнинг собиқ клубдоши, Африка қитъасининг энг яхши футболчиси, 2021 йил дунёнинг энг яхши дарвозабони. Бугун "Насаф"га қарши кимлар ўйнайди?   19 11:55Ўзбекистон аёллар терма жамоаси 16 сентябрдан йиғинга киришади  0 11:28"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади  0 10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  6 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  22 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  1 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  7

Buffon yoshligidan "Borussiya Menxengladbax" muxlisi ekan (qiziq hikoya) Yangiliklar

Buffon yoshligidan "Borussiya Menxengladbax" muxlisi ekan (qiziq hikoya)

Unda hatto klub maxsus sharfi ham bor.

Butun dunyo Bundesliga misolida futbolning qaytishini kuzatmoqda: o'zingizga nemis klublari ichidan eng sevimlisini tanlash uchun qulay fursat. SHoshiling, bo'lmasa La Liga boshlanib, Bundesliga yana nechinchidir planga tushib qoladi. Misol uchun, Janluijji Buffon bu borada chaqqonroq chiqdi. Italiyalik afsona bundan bir necha yil avval Germaniyada Menxengladbaxning "Borussiya"siga befarq emasligini aytib o'tgan.

Masala Jijji uchun qadrdon oq-qora yo'l-yo'l ranglarda ham emas, balki klubning aytish uchun murakkab nomidadir. 

"Men yoshligimdan "Borussiya" muxlisiman. Nega deysizmi? SHunchaki, men hech qachon bu klubning nomini ayta olmasdim. U doim etiborimni tortgan. Bugungi kunda klub nomini to'liq ayta olaman, lekin qanchalik to'g'ri talaffuz qilayotganimni hamon bilmayman", — tan oladi Buffon.

Mana isbot – sevimli nemis klubi sharfi bilan tushilgan surat.

2015 yil "Yuventus" va "Borussiya" CHempionlar Ligasida to'qnash keldi va ikki bor durang qayd etildi. Gladbaxdagi o'yin 1:1, Buffon o'sha kuni chinakam qaxramon bo'lgan: 7ta aniq zarbadan bor yo'g'i 1tasini qaytara olmagan, ko'plab seyvlar amalga oshirgan va muhim pallalarda pand bermagan.

Uchrashuv yakunlangach darvozabon qo'lqoplarini mezbon jamoa muxlislari joylashgan tribunaga otadi: maqsad bitta — "Borussiya" sharfini qo'lga kiritish edi. 

Durangdan ranjigan muxlislar esa Buffonning ushbu klubga befarq emasligini bilishmasdi. Qayd etish lozim, "Borussiya" xatoni juda tez to'g'rilaydi va Buffon "Gladbax" borasida intervyu berishi bilanoq unga klubning maxsus sharfini jo'natadi.

Darvoqe, sharfdagi yozuvlar ham o'ziga xos – "Borussiya"ning xalqaro brendi. Etiborlisi, u ham 2016 yil klub ECHLda qatnashishi natijasida paydo bo'lgan. Uchrashuvlarning birida "Borussiya" "Seltik" mehmoni bo'lgan, Glazgodagi kafelarning biri klub nomini to'g'ri yoza olmay qiynaladi (bu ish, klub nomini to'g'ri aytishdan ham qiyinroq). Nima qilishni bilmagan shotlandlar oddiy qilib "Nemis jamoasi" deb yozib qo'yishadi.

Gladbaxliklar shundan so'ng o'zlarining ingliz tilida yuritiluvchi tvitter-akkauntlari nomini o'zgartirishadi. Buffon kabi klub nomini ayta olmay qiynaladigan ishqibozlar uchun.

Eslatib o'tamiz, kecha qayta boshlangan Bundesliga doirasida "Borussiya Menxengladbax" safarda Frankfurtning "Ayntraxt" jamoasini mag'lub etdi va 3-o'ringa ko'tarilib oldi.

 

Eintracht Frankfurt

Andre Silva - 81'

1. Bundesliga . 26-tur

16/05/2020, 22:30

3
:
1
Tugadi

Borussia Moenchengladbach

Alassane Plea - 1', Marcus Thuram - 7', Ramy Bensebaini - 73'

Stadion: Commerzbank Arena, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Felix Zwayer

45'
90'
24'  Filip Kostic
36'  Evan N'Dicka
46'  Djibril Sow (Andre Silva)
59'  Andre Silva
70'  Stefan Ilsanker
74'  Stefan Ilsanker (Timothy Chandler)
74'  David Abraham (Makoto Hasebe)
78'  Daichi Kamada (Mijat Gacinovic)
81'  Andre Silva
81'  Sebastian Rode
83'  Evan N'Dicka (Dominik Kohr)
89'  Dominik Kohr
1'  Alassane Plea
1'  Jonas Hofmann
7'  Marcus Thuram
7'  Ramy Bensebaini
9'  Nico Elvedi
66'  Marcus Thuram (Patrick Herrmann)
73'  Ramy Bensebaini
78'  Ramy Bensebaini (Oscar Wendt)
78'  Breel Embolo (Lars Stindl)
90'  Alassane Plea (Tony Jantschke)
90'  Florian Neuhaus (Laszlo Benes)


Omonjon To'xtamirzaev tarjimasi 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика