So’nggi yangiliklar

14:22"Бухоро" ва "Андижон" стадионларига VAR техникаси ўрнатилди  0 13:59"Арал" назорат учрашувида "Машъал"га жавобсиз 3 та гол урди  2 13:39Суперлига ҳакамлари учун FIFA VAR семинари бўлиб ўтади  1 13:07"Ливерпуль" ва "Барселона" собиқ юлдузи ўзига янги жамоа қидирмоқда  3 12:51"Марсель" янги мураббий тайинланганини эълон қилди  0 12:24МЮ англиялик юлдуз учун катта пул тўлашга тайёр  4 11:56А Серия. "Милан" "Комо"ни ютолмади  0 11:35Элит ОЧЛ гуруҳ босқич якунлари: ким учун омадли, ким учун омадсиз  3 10:47Фабрицио Романо "Реал"га Юрген Клопп келиши мумкинлиги ҳақида гапирди  2 10:20Алонсо илк таклифга йўқ деди  3 09:52"Реал Мадрид" 20 ёшли футболчи учун 100 миллион беришга тайёр  2 09:24МЮ раҳбарияти Маркус Решфордни "Барселона"га ижарага берганидан пушаймон  11 08:55"Реал" футболчиси: "Рақсга туш ва ҳеч қачон тўхтама"  6 08:27Трент Александер-Арнолд "Ливерпул"га қайтиши мумкин — Mirror  5 07:58Аутсайдерни мағлуб эта олмаган Микел Артета ўйиндан сўнг нималар деди?  10

Bu yil Superligada eng katta smeta "Nasaf"niki edimi? Yangiliklar

Bu yil Superligada eng katta smeta "Nasaf"niki edimi?

"Nasaf" klubi bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev kuni kecha saytimizga katta intervyu berdi.

Ushbu intervyu davomida ilk bor O'zbekiston chempioni bo'lgan murabbiy bir qator savollarga javob berdi. Ular orasida pul mavzusi ham bor edi.

"Bu yil Superligada "Nasaf"ning smetasi bazi bir klublardan ko'ra kamroq edi. To'g'ri menda aniq fakt va raqamlar yo'q. Lekin futbol ichida yurib baribir eshitamiz. Masalan, futbolchilarga yaratilgan sharoitlar va maoshlar bo'yicha biznikilardan ko'proq oylik oladiganlar borligini bilaman.

"Nasaf"da bu yil moliya bo'yicha hech qanday uzilish va qiyinchiliklar bo'lgani yo'q. Rahbariyat va homiylarimiz maoshlar hamda, mukofot pullarini vaqtida to'lab turishdi. Bundan tashqari o'tgan yillarga nisbatan ko'proq futbolchilar jalb etdik. Futbolchi qancha ko'p bo'lsa o'z-o'zidan umumiy maosh miqdori ham ko'p bo'ladi. Rahbariyat oldimizga vazifa qo'ydi va bu vazifa uchun barcha sharoitlarni yaratib berdi", - dedi Ro'ziqul Berdiev championat.asia saytiga.

To'liq intervyuni bugun 20:00da championat.asia saytida tomosha qilishingiz mumkin bo'ladi.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика