So’nggi yangiliklar

00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   33 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  23 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  52 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  218 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  11 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  2

Bu qiziq. “Lokomotiv” stadioniga nimadir bo'lganmi? Yangiliklar

Bu qiziq. “Lokomotiv” stadioniga nimadir bo'lganmi?

“Lokomotiv” klubi joriy mavsum uy uchrashuvlarini ikkita stadionda o'tkazyapti.

Bazan TTZdagi “Lokomotiv” stadionida, bazan TTYMI hududida joylashgan o'yingohda. Jamoa bu yil hisobidan hozircha 12ta o'yinni mana shu maydonlarda o'tkazdi. “Loko”ning o'z uyida yana bir o'yini qoldi va jamoa mazkur turni “Neftchi”ga qarshi o'tkazadi.

“Temiryo'lchilar” mana shu 12ta o'yindan teng yarmini “Lokomotiv”da, qolgan yarmini TTYMIda o'tkazishdi. Etiborlisi shundaki, “Lokomotiv” TTYMIda bo'lib o'tgan barcha oltita bahsning hammasida g'alaba qozondi. Hatto Kubok bahsida “Paxtakor”ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.

“Loko” TTYMIdagi o'yinlarda “Qizilqum”, “Olmaliq”, “Buxoro”, “Navbahor”, “Metallurg” va “Mashal” klublariga qarshi maydonga tushib, birortasida mag'lubiyat tugul, hatto durang qayd etmadi. Raqiblari darvozasiga jami 19ta to'p kiritib, o'z darvozasidan atigi uchta gol o'tkazib yubordi.

TTYMI stadionida o'tkazilgan o'yinlar
“Lokomotiv” – “Qizilqum” - 4:1
“Lokomotiv” - “Olmaliq” - 3:0
“Lokomotiv” - “Buxoro” - 2:0
“Lokomotiv” - “Navbahor” - 2:0
“Lokomotiv” - “Metallurg” - 5:1
“Lokomotiv” - “Mashal” - 3:1
Yakun: 6ta o'yin, 6ta g'alaba. To'plar nisbati: 19-3

TTZda joylashgan zamonaviy “Lokomotiv” o'yingohida esa “Loko”ning negadir omadi kelmadi. Etibor bering, jamoa bu stadionda ham oliy liga doirasida oltita uchrashuv o'tkazdi, lekin shundan faqat uchtasida g'alaba qozondi.

Bir marta durang qayd etgan bo'lsa, ikki bor mag'lubiyatga uchradi. Vadim Abramov shogirdlari bu stadionda kimlarni mag'lub etishdi? Oliy liganing ikki autsayderi “So'g'diyona” bilan “Andijon”ni va kuni kecha “Dinamo”ni.

“Lokomotiv”ning “Andijon” va “So'g'diyona”dan ustun kelishi uchun maydon tanlashi shart emas. Lekin “Dinamo”ga qarshi bellashuvni yodga oladigan bo'lsak, “Loko” bu raqib ustidan zo'rg'a 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Bo'lib ham yagona gol avtogol hisobiga kiritildi. Boshqa uchrashuvlarni yodga oladigan bo'lsak, “Lokomotiv” o'zining yangi stadionida “Nasaf” bilan durang o'ynadi, qolaversa, “Bunyodkor” va “Paxtakor”ga imkoniyatni boy berib qo'ydi.

Qizig'i shundaki, “Loko” uchta kuchli jamoa darvozasiga bittadan ko'p to'p kirita olmadi. Nahotki, “Lokomotiv” stadioniga nimadir bo'lgan bo'lsa? Albatta, futbolda falonchi stadionda omadimiz kelyapti, falonchi o'yingohda o'yin qovushmayapti deyish yosh bolaning gapidek gap.

Lekin biz bilamizki, oliy liganing aksariyat klublari turli irimlarga amal qilishadi. Kim biladi deysiz, balki biz yozgan narsani allaqachon klub rahbarlari ham inobatga olib keyingi turdan o'rin olgan “Neftchi” bilan o'yinni TTYMIga ko'chirgan bo'lishsa ne ajab.   

“Lokomotiv” stadionida o'tkazilgan o'yinlar
“Lokomotiv” - “Nasaf” - 1:1
“Lokomotiv” - “So'g'diyona” - 3:1
“Lokomotiv” - “Andijon” - 4:0
“Lokomotiv” - “Bunyodkor” - 1:2
“Lokomotiv” - “Paxtakor” - 1:3
“Lokomotiv” - “Dinamo” - 1:0
Yakun: 6ta o'yin, 3 g'alaba, 1 durang, 2 mag'lubiyat. To'plar nisbati: 11-7

Xayrulla Xoliqov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика