So’nggi yangiliklar

19:00Италия яна ЖЧ саралашида омадсизликка дуч келди — олдинда ўтиш ўйинлари. Буёғига нима бўлади?   0 18:55Асрор Алиқулов: "Ўз майдонимиздаги охирги ўйинда мухлисларга ғалаба совға қилишни мақсад қилгандик"  0 18:39Globe Soccer Awards талқини бўйича йил мураббийи мукофотига даъвогарлар номи эълон қилинди  0 17:55Суперлига. "Шўртан" ўз уйида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  4 17:44УЕФА "Барселона"га рухсат берди  2 17:27"Гулистон" қайтмоқда. Жамоа иккинчи лигада чемпион бўлди  1 17:24Максим Шацких: “Мухлисларнинг қўллаб-қувватловини доимо ҳис қилиб турдим. Барчага раҳмат”  6 17:12Италиялик мутахассис: "Миллий терма жамоадаги имконият учун Фабио Каннаваро ва ЎФАга миннатдорчилик билдираман"  2 16:54"Барселона" 2005 йил "Бернабеу"даги тарихий ғалабага бағишланган 4-комплект формасини тақдим этди  4 16:05"Globe Soccer Awards" йилнинг энг яхши футболчиси номига даъвогарлар эълон қилинди — олти карра совриндор Роналду рўйхатдан жой олмади  20 14:50Суперлига-2026. Учрашувлар интенсивлигини ошириш масаласида навбатдаги қадамлар  2 14:43ФОТОГАЛЕРЕЯ. U-17 Жаҳон чемпионати. Италия - Ўзбекистон (3:2)  0 14:34Суперлиганинг 29-турини ўтказиб юборадиган футболчилар  0 14:04"Қўқон-1912" жамоасига совриндор бўлиш вазифаси қўйилди  8 13:44Максим Шацкихга қирғиз клуби қизиқиш билдирмоқда  13

Bu - futbol emas, cirk! Yangiliklar

Bu - futbol emas, cirk!

U-17 qizlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatida "Surxon-W" U-17 qizlar jamoasi uchinchi marta o'ta yirik hisobda mag'lub bo'ldi.

"Surxon-W" qizlari birinchi davrada "Sevinch"ga 0:29, "So'g'diyona-W" bilan o'yinda esa 0:35 hisobida mag'lub bo'lgandi. Kecha o'tkazilgan "So'g'diyona-W" bilan kechgan ikkinchi davra o'yinida ham 0:29 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Birgina "So'g'diyona-W" bilan kechgan har ikkala bahsda termizlik qizlar 0:64 hisobida yutqazgan, agar "Sevinch"dan o'tkazib yuborilgan gollarni ham qo'shsak, 3ta o'yidagi to'plar nisbati 0:93 ko'rinish oladi. Dahshat!

Dahshati shundaki, bu jamoa zo'rma zo'raki, buyruqbozlik yo'li bilan tashkil qilindi. Bizga malum bo'lishicha,"Surxon-W" safida to'p tepayotgan qizlar futbolchi emas, ular aslida voleybolchi. "Surxon" selekcionerlari futbol o'ynaydigan qizlar topolmay majburan voleybolchi qizlarni ro'yxatdan o'tkazgan va ular koptok tepib yuribdi, yana O'zbekiston chempionatida qatnashyapti.

Bu o'rinda O'FAning ham aybi bor.CHunki PFL ayollar futbolini o'tkazishdan voz kechdi, aniqrog'i O'FA musobaqani o'ziga oldi. Tortib oldimi yoki boshqa yo'l bilanmi, to'liq tafsilotini bilmaymiz. SHunisi aniqki, ayollar o'rtasidagi O'zbekiston oliy ligasi, birinchi liga, Kubok, U-17 va U-14 kabi musobaqalarni O'FA o'tkazib kelmoqda.

Buning natijasida Superliga klublariga ayollar jamoasini tashkil etish majburiyati yuklangan. Kimdir o'z xohishi, kimdir buyruqni bajarish uchun qizlar jamoasini tashkil qilgan.




Masalan, "Surxon"ga ayollar jamoasi nima uchun kerak? Asosiy jamoa o'z stadioni yo'qligidan shundoq ham ikki yildan beri ijarama-ijara yuribdi. Rahbarlari ham Toshkentda. Lekin klub Superligada ekan, ayollar va futzalga ham etibor qaratishi kerak. "Surxon" futzal klubi bu yil birinchi ligadan Oliy ligaga chiqdi, shunda ham DHL havaskor futzal jamoasidan 8 nafar futzalchini ijaraga olib o'ynatdi. Lekin bu jamoa Oliy ligada ham o'ynaydimi-yo'qmi, bunisi nomalum.

Ayollar futboli bo'yicha ham muammolar etarli. Hozirgi paytda "Surxon-W" ayollar jamoasi O'zbekiston birinchi ligasida ishtirok etib kelyapti. Bu kamlik qilib qisqa furtsat ichida (aytaylik bir oy) zudlik bilan U-17 qizlar jamoasini tuzishga to'g'ri keldi. Natijada zo'rg'a voleybolchi qizlardan jamoa tuzildi va ular ko'rsatayotgan natija malum.

Endi o'zingiz o'ylab ko'rib, uchta o'yinda 93ta gol o'tkazgan jamoadan kelajakda futbolchi chiqadimi? Qizlarning futboldan ko'ngli sovib ketmaydimi? Raqib jamoalar 30talab gol urgandan ko'ra, shundog'am kuchsiz jamoani sal avaylab to'p tepgani maqul emasmi? Eng aavvalo bunga yo'l qo'yib berayotgan O'FAni nima deyish mumkin?

Masalan, men musobaqa o'tkazishga masul bo'lganimda birinchi yirik hisobdan keyinoq jamoaga rahmat aytib, turnirdan olib tashlagan bo'lardim. CHunki bunaqa cirkka chiday olmasdim. Teng kuchli jamoalar yig'ilmas ekan, musobaqa saviyasi hech qanaqasiga ortib qolmaydi.

P.S. U-17 taqvimiga ko'ra, "Surxon-W" U-17 jamoasi 29 avgust kuni yana "Sevinch" bilan o'ynaydi.

X.Xoliqov.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика