Bruney U-17 ustozi: "Jamoamiz raqiblarga etarlicha raqobat ko'rsata olishiga ishonaman"
04 okt 2022 13:48
Yangiliklar
Bruney U-17 ustozi: "Jamoamiz raqiblarga etarlicha raqobat ko'rsata olishiga ishonaman"
U-17 Osiyo Kubogi saralash uchrashuvlari oldidan "J" guruhidan o'rin olgan jamoalar bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.
Unda dastlab Bruney o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Admirulrizal B Arbi matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- Saralash bosqichi haqida
- Har ikki jamoa juda ham kuchli hisoblanadi. Bizning jamoa ularga etarlicha raqobat ko'rsata olishiga ishonaman. Biz musobaqaga bor etiborimizni qaratganmiz. SHri-Lankani musobaqada qatnashmasligi bizga hech qanday ahamiyat kasb etmaydi.


- Raqiblarning kuchli tomonlari va tashkilotchilik haqida
- Har ikki raqibimizni ham kuchli hisoblaymiz. Ularni etarlicha o'rganib chiqa oldik.
Tashkilotchilik masalasida barchasi joyida. O'zbekistonga mehmondo'stlik uchun minnatdorchilik bildirib qolamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
"Андижон"га яна бир тажрибали футболчи келмоқда
Fikrlar