“Brentford” ustozi: “Tilsiz qoldim go'yo. Nima bo'lganini ertaga, uyqudan turganimdan keyin tushunsam kerak”
14 avg 2022 09:20
Yangiliklar
“Brentford” ustozi: “Tilsiz qoldim go'yo. Nima bo'lganini ertaga, uyqudan turganimdan keyin tushunsam kerak”
“Qaysidir manoda ushbu natija tufayli tilsiz qoldim go'yo. “Manchester Yunayted” – dunyodagi grand klublardan biri. Ularning jamoasi eng yaxshilar qatorida, ularda eng zo'r o'yinchilar bor va biz ularni 4:0 hisobida engdik. Bu haqli g'alaba edi. Aniq 4:0 haqida aytmayapman, ammo muvaffaqiyatimiz adolatli qo'lga kiritildi. Buni, ertaga uyg'onganimdan keyingina anglab etsam kerak. Jamoamiz qanchalar yaxshiligini bilaman va buni qadrlayman, g'alabamizdan hayron bo'lmadim. Ammo yakuniy hisob 4:0 bo'lganiga albatta aql bovar qilmaydi.
Fantastik tuyg'u. Rejamiz maydonda ideal tarzda amalga oshirildi. O'ylashimcha, ikkita gol agressiv harakatlar orqali yuqori pressing tufayli yuzaga keldi va MYUga muammolar tug'dirdi. Yaxshi himoyalanadigan pastki blogimiz zo'r ko'rindi. Ha, o'tish fazalari ham alo darajada edi, to'rtinchi gol esa bu jihatda, shunchaki ajoyib bo'ldi”, deydi Tomas Frank.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar