Braziliyaning kubok ushlab olgan eng sodiq muxlisi haqida
11 iyu 2014 13:02
Yangiliklar


Braziliyaning kubok ushlab olgan eng sodiq muxlisi haqida
Jahon kubogining nusxasini ushlab qolgan mo'ylovli amakini tanidingiza? Uni Ispaniyada Del Boskega o'xshatishadi. Rossiyada esa teleboshlovchi Leonid Yakubovichga. Braziliyada u terma jamoaning afsonaviy sodiq muxlislaridan!
Uning ism-sharifi Klovis Fernandes. U Braziliya terma jamoasining ashaddiy muxlislaridan biri hisoblanadi.
U terma jamoaning 150 ga yaqin uchrashuvini 60 mamlakatda tomosha qilgan
Uni terma jamoada ham juda yaxshi bilishadi va uni terma jamoaning 12-o'yinchisi deb atashadi.
Braziliya - Germaniya o'yinidan so'ng u qo'lidagi kubogini germaniyalik muxlisaga sovg'a qilib yubordi
U 1990 yilda Italiyada
1994 yilda AQSHda
2006 yil Germaniyada
2010 yil JARda
2014 yil Braziliyada
U 2018 yilda Rossiyaga ham bormoqchi
Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Fikrlar