So’nggi yangiliklar

02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  8 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  3 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  3 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  26 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  102 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0

Braziliya yarim finalga yo'l oldi Yangiliklar

Braziliya yarim finalga yo'l oldi

Mundialning navbatdagi chorak final bahsi bo'lib o'tdi.
Jahon chempionati chorak final uchrashuvida to'qnash kelgan Braziliya hamda Kolumbiya jamoalari o'rtasida kechgan bahsda mundial mezbonlarining qo'llari baland keldi.



Luis Felipe Skolari jamoasi o'yinni hujumkorlik bilan boshlashdi va uchrashuv startidayoq tezkor gol kiritishni uddasidan chiqishdi. Burchak to'pidan etkazib berilgan to'pni Braziliya sardori Tiago Silva tizzasi bilan darvozani ishg'ol etdi va bellashuvdagi hisobni ochdi. Birinchi bo'limda boshqa gollar kiritilmadi.
Ikkinchi taymni esa kolumbiyaliklar faollik bilan boshlashdi. Lekin uchrashuvdagi ikkinchi golni kiritish braziliyaliklarga nasib etdi. CHamasi 28-30 metrlar masofadan belgilangan jarima to'pini David Luiz ajoyib tarzda amalga oshirdi va o'zining kuchli zarbasi bilan darvozani nishonga oldi.  Ospina bu vaziyatda ojiz qoldi.



O'tkazib yuborilgan ikkinyai goldan keyin Kolumbiya terma jamoasi bor etiborini hujumga qaratishga majbur bo'ldi. Zaxiradan maydonga tushgan Adrian Ramos, Karlos Bakkalar jamoasi o'yiniga o'zgartirish kirita olishdi.
Uchrashuvning 78-daqiqasiga kelib braziliyalik posbon Julio Sezarga kolumbiyani hujumini to'xtatishga xatoga yo'l qo'ydi va Braziliya terma jamoasi darvozasi tomon penalti belgilandi. Mundialda porlayotgan Xames Rodrigez esa 11-metrlik nuqtadan adashmadi hisobni qisqartirib, o'yin so'nggiga qadar o'z muxlislarini umidini so'ndirmadi. Lekin har qancha harakat qilmasin, Kolumbiya boshqa gol kirita olmadi va musobaqani shu erda yakunlashga majbur bo'ldi.
Braziliya esa yarim finalga yo'l oldi va u erda ular Germaniya terma jamoasi bilan final yo'llanmasi uchun bahs olib borishadi.



JCH-2014. 1/4 final.

BRAZILIYA - KOLUMBIYA
2:1

Fortaleza. “Kastelan” stadioni.

Bosh hakam
: Karlos Velasko Karbalo (Ispaniya)

Gollar
: Tiago Silva (7), David Luiz (69), Xames Rodrigez (80-penaltidan).


Braziliya: Juilo Sezar, Tiago Silva, David Luiz, Fernandino, Marselo, Xulk (Ramires, 83), Paulino (Ernanez, 86), Fred, Neymar (Enrike, 88), Oskar, Maykon.

Kolumbiya: Ospina, Sapata, Yepes, Sanchez, Armero, Guterres (Bakka, 70), Xames Rodrigez, Kuadrado (Kuintero, 80), Guarin, Ibarbo (A.Ramos, 46), Cuniga.

Ogohlantirish: Tiago Silva (64), Rodrigez (67) Yepes (72), Julio Sezar (78).
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика