Braziliya - Argentina o'yini qayta o'tkaziladi
14 fev 2022 21:42
Yangiliklar
Braziliya - Argentina o'yini qayta o'tkaziladi
Unga ko'ra, uchrashuv takroran o'tkaziladi. O'yin sanasi va o'tkaziladigan hududni FIFA belgilaydi. Bundan tashqari, tartib-intizom qo'mitasi o'yinning bekor qilinishiga uni tashkil etishda ishtirok etayotgan tomonlarning ish sifati etarli emasligi sabab bo'lgan, degan qarorga keldi. SHu munosabat bilan quyidagi qarorlar qabul qilindi:
1. Braziliya futbol federaciyasi tartib va xavfsizlik bilan bog'liq qoidabuzarliklar uchun 500 ming SHveycariya franki (taxminan 477 ming evro) jarimaga tortildi;
2. Argentina futbol associaciyasi tartib va xavfsizlik, o'yinga tayyorgarlik va ishtirok etish bo'yicha majburiyatlarni bajarmagani uchun 200 000 SHveycariya franki (taxminan 190 000 evro) miqdorida jarimaga tortildi;
3. Uchrashuv bekor qilingani uchun Braziliya futbol federasiyasi va Argentina futbol assosiasiyasi 50 ming SHveycariya franki (deyarli 48 ming evro) to'laydi;
4. Argentina terma jamoasi futbolchilari Emiliano Buendiya, Emiliano Martines, Djovani Lo CHelso va Kristian Romero FIFA tasnifida o'tkazilgan 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.
Eslatib o'tamiz, Braziliya va Argentina terma jamoalari o'rtasidagi o'yin 4-daqiqada to'xtatilgandi, chunki Braziliya rasmiylari Argentina terma jamoasining 4 nafar futbolchisi (Buendiya, Martines, Lo CHelso va Romero) qoidabuzarliklar evaziga mamlakat hududiga kirgan deb hisoblagandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar