So’nggi yangiliklar

09:32"Реал" Винисиусга нарх қўйди  0 09:07Лионель Месси: "Умид қиламанки, қачондир қайтаман"  1 08:41Италия МТЖ собиқ мураббийи "Ал Садд" бош мураббийи бўлади (Фабрицио Романо)  0 08:16Футзал. Бугун бронза учун майдонга тушамиз  0 07:50U-17 Жаҳон чемпионати. Осиёнинг иккита жамоаси плей-оффда. Кечаги кун натижалари билан танишинг  1 07:18U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун бизни гуруҳдаги ҳал қилувчи учрашув кутиб турибди  12 01:19МЛС клублари лигага Неймар келишини хоҳлашмаяпти, улар бразилияликни "бош оғриғи" сифатида кўришмоқда  3 00:46Родриго “Реал”даги ролидан тобора норози бўлмоқда ва январда клубни тарк этиши мумкин  0 00:15Туркияда 1000 дан ортиқ футболчи қимор можароси сабабли четлатилди. Рўйхатда "Галатасарой" ва "Бешиктош" ўйинчилари ҳам бор  5 23:35Суперлига. "Сурхон" – "Шўртан" 1:0  0 23:24Ўзбекистон терма жамоасининг Дубайдаги машғулоти  2 22:57 8 та ўйиндан бери ғалаба қозона олмаётган "Аталанта" Юрични ишдан бўшатди  3 22:04Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг расмий машғулоти  5 21:15Февзи Давлетов: "Рустам Турдимуродов жамоада қоладими? Тўғриси, бу саволга жавоб бериш мен учун қийин"  11 21:00Асрор Алиқулов: "Оддий вазиятда хатога йўл қўйиб гол ўтказиб юбордик"  0

Branko Ivankovich: "O'zbekiston bugun O'monning zaif tomonlarini topdi va ulardan foydalandi" Yangiliklar

Branko Ivankovich: "O'zbekiston bugun O'monning zaif tomonlarini topdi va ulardan foydalandi"

O'mon terma jamoasi bosh murabbiyi Branko Ivankovich O'zbekiston terma jamoasiga qarshi o'yindan so'ng matbuot anjumanida qatnashdi.

- Bugungi o'yin haqidagi fikrlaringiz?

- O'zbekiston terma jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Bugun ular g'alabaga loyiq edi. O'zbekiston bugun bizdan ancha yaxshi o'ynadi. Keyingi uchrashuvga tayyorgarlikni boshlaymiz. Tojikiston bilan kechagidan uchrashuvga yaxshiroq tayyorgarlik ko'rishga harakat qilamiz.

-  Bugungi o'yinga qanday reja tayyorlagan edingiz va nega rejangiz o'xshamadi?

- SHunchaki raqib bizdan kuchliroq edi. Raqib bizdan har jabhada yaxshi o'ynadi va shu sabab mag'lub bo'ldik.

- O'mon terma jamoasi bir necha yil avval O'zbekistonga qarshi ancha yaxshi kurashgandi. Bugun esa bunday bo'lmadi. Bunga sabab nima va keyingi o'yinlar haqida fikrlaringizni aytib o'tsangiz?

- Albatta bir necha yillar ilgari, terma jamoamiz kuchliroq edi. Bizning milliy chempionatimiz tugab bo'ldi va futbolchilar tatilda, O'zbekistonda esa milliy chempionat endi qizg'in pallaga kirdi. Asosiy sabab shu deb o'ylayman. Keyingi uchrashuvlarga yaxshiroq tayyorgarlik qilamiz.

- O'zbekiston terma jamoasining Osiyodagi o'rni haqida fikringiz. Terma jamoamiz Osiyoda 6-o'ringa loyiqmi?

- Jamoangiz rivojlanib kelmoqda. O'zbekiston terma jamoasining so'nggi o'yinlari Venesuela, Boliviya, Rossiya kabi kuchli terma jamoalarga qarshi uchrashuvlarda ishtirok etdi. Terma jamoangiz to'g'ri yo'lda. Osiyodagi O'zbekistonning darajasiga keladigan bo'lsak, O'zbekistondan har narsani kutish mumkin.

- O'monning bugungi tarkibidagi futbolchilari asosan bir jamoadan, u jamoa "As-Sib". "As-Sib" jamoasi OCHL ishtirokchisi. "As-sib" jamoasidan nega ko'proq futbolchilarni terma jamoaga jalb etmadingiz?

- Biz eng yaxshi o'yinchilarni terma jamoaga chaqirganmiz. Birinchi o'yinimiz omadsiz bo'ldi. Biz so'ngi uchrashuvlarda kuchli jamoalarga qarshi o'ynadik. Masalan, Avstraliyaga 3:1 hisobida yutqazdik, bugun esa 3:0. O'zbekiston terma jamoasi bugun O'monning zaif tomonlarini topdi va ulardan foydalandi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика